Osiyo Kubogi guruh bosqiçining 2-turi doirasidagi Turkmanistonga qarşi bahs oldidan Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper va himoyaçi Anzur Ismoilov matbuot anjumanida iştirok etdi.

«Birinçi öyinimiz oğir ötdi va bizni yana bir qiyin uçraşuv kutib turibdi. Turkmaniston birinçi öyinda Yaponiyaga munosib qarşilik körsata oldi. Ertaga faqat ğalaba uçun maydonga çiqamiz», – deya ta'kidladi Ektor Kuper.
«Ertaga böladigan öyin ham oson ötmaydi. Raqibni örganib çiqqanmiz. Birinçi qadamni taşladik, endi navbatdagi öyinda ğalaba qozonib yana uç oçko olişimiz kerak», – dedi Ismoilov.
– Ummonni mağlub etgan bölsak-da, öyin saviyasi e'tirozlarga sabab böldi. Birinçi öyindan qanday xulosaga keldingiz?

– Öyin sifati deganda hamma har xil narsani tuşunadi. Bu uçraşuvni qanday nuqtayi nazar bilan kuzatişga boğliq. Ummon bilan öyinda asosiy maqsadimiz 3 oçko oliş edi. Öyinimizda ba'zi muammolar borligini bilamiz. Natija birinçi örinda turişini unutmaslik kerak.
- Turkmanistonning Yaponiya bilan 2:3 hisobini qayd etişi ba'zilar uçun kutilmagan hol böldi, siz uçun ham şunday böldimi?
- Bu öyinni kördim, Turkmaniston qit'aning eng yetakçi termalaridan bölgan Yaponiyaga qarşi munosib öyin körsata oldi. Bu bahsni kuzatiş davomida köproq Yaponiya diqqatimiz markazida böldi. Turkmaniston ham öz uslubiga ega jamoa. Ertangi öyinda har ikki tomon ham öz uslubida töp suradi va buning samarasini natija körsatadi.
- Odatda Krimets va Ismoilov tandemidan foydalanib kelgansiz, ertaga Yegor maydonga tuşa olmaydi. Uning örnini pozitsion öyin körsatişda ustunlikka ega Töxtaxöjayev bilan töldirasizmi yoki yakkakuraşlarda işonçli harakat qiluvçi Doston Tursunov bilanmi?
- Krimetsning örnini bosiş uçun ikki futbolçi bor. Hozir bu boradagi qarorimga töla aniqlik kirita olmayman.
- Turkmanistonning himoya çiziğini mustahkam deb bölmaydi. Şunga qaramay Özbekiston baribir himoyaga asosiy e'tiborni qaratgan holda töp suradimi?
- Turmanistonning himoyasini kuçsiz deb baholamagan bölardim. Bunday fikrga kelişda jamoa Yaponiya qarşi öynaganini ham hisobga oliş kerak. Biz özimiz imkon qadar köproq tomoşabop va hujumkor öyin körsatişga urinamiz.
- Osiyo Kubogida VAR tizimi çorak finaldan boşlab qöllanadi. Guruh bosqiçidagi qator bahsli vaziyatlardan söng bu muhokama mavzusiga aylanib qoldi. Siz qanday fikrdasiz?
- Bu kabi muammolarni hal qiliş uçun mas'ul şaxslar bor. Men bu kabi narsalarga e'tibor qaratişni istamagan bölar edim. Men diqqatimni öz jamoamga qarataman.
- Misr terma jamoasini boşqarganingizda köpçilik sizni antifutbol körsatişda ayblagan edi. Hozirgi jamoangizda avvalgidan farqli yönalişda işlayapsizmi?
- Misr terma jamoasi bilan soliştirmagan bölardim. Ikki jamoaning öyin uslubi butunlay boşqa-boşqa. Hamma muxlislarga va jurnalistlarga birdek yoqiş imkonsiz.
– (Savol Anzur Ismoilovga) Siz ötgan galgi Osiyo Kuboklarida ham iştirok etgansiz. Hozirgi Özbekiston terma jamoasini avvalgi musobaqalardagi jamoa bilan soliştira olasizmi?

– Men uçta Osiyo Kubogida iştirok etdim. Hozirgi tarkib asosan yoşlardan iborat, faqat 2-3 nafar yoşi katta futbolçilar bor. Yoşlarimiz Osiyo çempioni bölişdi, bu yigitlar yaxşi tempda ösib borişyapti.











