DNK strukturasini birinçi bölib oçgan va bu kaşfiyoti uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan olim Jyeyms Uotson Kold-Spring-Xarbordagi laboratoriyada unga berilgan unvonlardan mahrum etildi. Uotson öz vaqtida şu laboratoriyaga rahbarlik qilgan. Bunga esa uning hujjatli filmda turli irq vakillarining aqliy qobiliyatlari tengligini şubha ostiga qöygani sabab bölgan.

Uotson Nobel mukofotini 2 ta spiral körinişidagi DNK strukturasini oçgani uçun 1962 yilda olgan. U öz faoliyatining katta qismini Nyu-York yaqinidagi xususiy tadqiqot instituti – Kold-Spring-Xarbordagi laboratoriyaga bağişlagan. Hozirda laboratoriyada 400 ga yaqin kişi işlaydi, öz vaqtida unda 9 nafar Nobel sovrindori faoliyat olib borgan. Uotson 1968 yilda laboratoriyaga direktor etib tayinlangan, 1994 yilda prezident va 2004 yilda faxriy rahbar unvonlari bilan taqdirlangan.

Olim 2007 yildagi intervyusida yevropoid va negroid irqi vakillarini aqliy qobiliyat borasida teng deb hisoblamasligini aytgan. U şu qaraşlari uçun hamkasblari va jamoatçilik tomonidan tanqidga uçrab, hattoki işidan mahrum bölgan. Joriy oyda çiqqan yangi hujjatli filmda olim hali ham fikri özgarmagani, yevropaliklar va qora tanlilar örtasidagi irsiy farqlar ularning aqliy qobiliyatlaridagi sezilarli farqlar körinişida namoyon bölişini aytgan. 

Bunga javoban Uotson bir vaqtlar boşqargan laboratoriya olimning qaraşlarini “tanbeh berişga loyiq” va “fan tomonidan tasdiqlanmagan” deb atagan va “olimning asoslanmagan va mas'uliyatsiz fikrini qat'iyan rad etişini” aytgan. Şu sababli laboratoriya Uotsonni faxriy rahbar, Oliver Greys nomidagi faxriy professor hamda vasiy unvonlaridan mahrum etişga qaror qilgan.