13 yanvarda Ugandaning Pakvaç okrugida sodir bölgan yöl-transport hodisasida 14 kişi halok böldi va bir neça kişi jarohat oldi. Bu haqda New Vision naşri ma'lum qildi. 

Guvohlarning aytişiça, 30 ga yaqin odamni olib ketayotgan yuk maşinasi boşqaruvi yöqotilib, yöldan çiqib ketib, bir neça marta ağdarilgan.

Mahalliy politsiya vakili Jozefin Angusia avtohalokatda 14 kişi halok bölganini, ulardan köpçiligi ayollar ekanini tasdiqlagan.

Uning aytişiça, qurbonlar soni oşişi mumkin,  çunki jarohatlanganlar şifoxonada oğir ahvolda qolmoqda.