Xorazm viloyati, Boğot tumanida Tico avtomobili ağdarilib ketişi oqibatida 18 yoşli yigit halok böldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, holat 17 iyun kuni tunda Boğot tumani hududidan ötgan içki yölda sodir bölgan. 2007 yilda tuğilgan yigit haydovçilik guvohnomasiga ega bölmay turib, Tico rusumli avtomobilni tezlikni oşirib boşqarayotgan vaqtda yöl çetiga çiqib ketib ağdarilgan.
Hodisa oqibatida 18 yoşli yigit voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Boğot tumani Içki işlar bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.













