Qöqonda Malibu minib, svetoforning qizil çiroğida ham töxtamay yurgan 9-sinf öquvçisi oxir-oqibat 9 yaşar uç bolani urib ketdi. Ulardan biri – Mina Karimiy ismli qizaloq vafot etdi, tirik qolgan dugonalari esa şifoxonaning reanimatsiya bölimida qolmoqda. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, Minaning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.

Musibatlar har xil böladi... Ofatlar, talafotlar, falokatlar, qisqasi, kutilmgan holatlar. Aslida, kutilmagan emas, bu hammasi taqdir. Faqat bandasi uçun kutilmagan böladi.

Xalqimizda “avval kelgan avval ketsin” degan bir gap bor. Tuşunasiz-a bu gapning ma’nosini? Yoşi kattalar ölimini yengilroq ötkaziş, bolalar vafotini esa oğir qabul qiliş inson fitratida bor. Heç kimni bolam deb yiğlatmagin, deb duo qilişardi qariyalar, va bunda olam hikmati bor. Farzand doğiga çidaş osonmas...

9 yaşar Mina Karimiy onasi va singlisi bilan Qöqon şahridagi köp qavatli uylardan birida şod-u hurram yaşab kelişayotgan edi.

20 may kuni tong saharda uning singlisi tuş kördi. Tuşida opasining oyoği singan, jannatlarda yurgan emiş. Tuşi haqida onasiga aytib ham berdi...

Xuddi şu kuni soat 15:45 lar çamasi. Mina Karimiy tengqurlari bilan köçada sayr qiliş uçun onasidan ruxsat söradi. Rozilik olgan qizaloq dugonalari bilan köçaga yöl oldi. Köp ötmay, qizini taşqariga kuzatib, özi kir yuvib ötirgan ona avtomaşinaning asfalt yölda uzoq sirpanib qattiq tormoz bosgani-yu vahimali gursillagan ovozni eşitdi.

Qop-qora Malibu töxtagan joyda tumonat odam töplangan, yöl çetida esa qizi Minaning oyoq kiyimi yotardi. Muştipar ona suriştira-suriştira qizini şifoxonadan topdi. Qizining yuziga oq çoyşab taşlangan edi...

Dugonalari bilan piyodalar yölagidan ötayotgan Mina Karimiyni yaşirinça uydan maşina haydab çiqib ketgan 9-sinf öquvçisi urib yuborgan.

Mina Karimiyning onasi özbek, otasi esa afğon edi. Otasi bu dunyoni tark etganda, u endigina 4 yoşda bölgan. Otasining taftiga töymagan qizaloq bor mehrni onasidan olayotgandi.

Afsuski, singil körgan tuş öng bölib çiqdi...

“Qizim tört yoşida otasidan ayrilgan edi. Minani yolğizlikda östirayotgan edim. Endi qizim jannatlarga, otasining yoniga ketdi.