Özbekiston Prezidenti farmoni bilan Nodir Savriddinoviç Jörayev Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori etib tayinlandi.

Nodir Jörayev şu kungaça Adliya vaziri birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Nodir Jörayev 1981 yilda Buxoro viloyati, Ğijduvon tumanida tuğilgan. 2001 yil Toşkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2006 yil şu institutda magistr darajasini olgan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me'yoriy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasining katta maslahatçisi lavozimidan boşlagan. Keyinçalik mazkur boşqarmaning boş maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2003–2006 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlaş va huquqiy axborot boşqarmasining bölim boşliği, 2006–2007 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oşirilişi ustidan monitoring qiliş markazining yetakçi maslahatçisi, boş maslahatçisi, bölim boşliği, 2007–2008 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunçilik boşqarmasining boşliği, 2008-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunçilik boş boşqarmasining boşliği, 2014-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlaş böyiça tadqiqot markazining direktori, 2016-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan. 

2017 yilning 19 aprelidan buyon Adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Şuningdek, Zafar Zohidov agentlik direktoriga birinçi örinbosar etib tayinlangan.

Eslatib ötamiz, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi prezident farmoniga muvofiq, Davlat raqobat qömitasi bazasida taşkil etildi.

Qarorga muvofiq, Davlat raqobat qömitasi hamda «Davlat aktivlarini boşqariş markazi» DUKning barça huquqlari va majburiyatlari Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkazildi.

Agentlik öz vakolatlarini mustaqil ravişda olib boradi hamda öz faoliyatida bevosita Boş vazir va Prezidentga böysunadi va hisobot beradi.

Agentlik direktori, uning birinçi örinbosari va örinbosarlari Boş vazir taqdimnomasiga asosan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat körsatiş şaroitlari böyiça tegişli ravişda vazir, vazirning birinçi örinbosari va vazir örinbosariga tenglaştiriladi.