Numbeo tadqiqot servisi tomonidan tuzilgan, hayot sifati böyiça dunyoning 226ta eng yaxşi şaharlari reytingida Markaziy Osiyodan faqat bitta şahar bor - Olmaota.

Servis şaharlarni tanlaşni aholining sotib oliş qobiliyati (qança yuqori bölsa, şunça yaxşi), ifloslaniş indeksi (qança past bölsa, şunça yaxşi), uy-joy narxining fuqarolar daromadiga nisbati, hayot keçiriş minimumi indeksi (qança past bölsa, şunça yaxşi), xavfsizlik indeksi, soğliqni saqlaş indeksi, yöl trafigi indeksi (qança past bölsa, şunça yaxşi) va iqlim indeksini hisobga oluvçi formula yordamida amalga oşirdi.

Reytingda birinçi örinni Kanberra (Avstraliya) egalladi. Ikkinçi öringa Eydxoven (Niderlandiya) munosib körildi, uçinçi - Roli (Şimoliy Karolina, AQŞ).

Şuningdek, birinçi önlikdan Adelaida (Avstraliya), Tsyurix (Şveytsariya), Medison (Viskonsin, AQŞ), Brisben (Avstraliya), Vellington (Yangi Zelandiya), Kolambus (Ogayo, AQŞ) va Şarlott (Şimoliy Karolina, AQŞ) joy oldi.