Tahlil Numbeo platformasining 2026-yil avgust oyidagi hayot sifati indeksi maʼlumotlariga asoslangan. Infografikadagi 100 ta şahar Numbeo maʼlumotlar bazasiga kiritilgan jami 306 ta şahar orasidagi örniga qarab joylaştirilgan.

Mualliflar hayot sifati va yaşaş xarajatlarini alohida baholaşga harakat qilgan. Şu sababli hayot sifati hisob-kitobidan narxlar bilan bevosita boğliq körsatkiçlar çiqarib taşlangan. Bu yaşaşning arzon yoki qimmatligi natijaga ikki marta taʼsir körsatişining oldini oladi.

Hayot sifati baholanganda xavfsizlik darajasi, tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati, transport va tirbandlik bilan boğliq vaziyat, havoning ifloslanişi hamda iqlim kabi omillar hisobga olingan.

Tahlil natijalariga köra, hayot sifati yuqori va yaşaş xarajatlari nisbatan maqbul bölgan eng jozibador guruhga 18 ta şahar kirgan. Ular orasida Yevropa şaharlari salmoqli örin egallagan.

Xususan, Vena, Portu, Split, Valensiya, Praga, Lissabon, Bratislava, Riga va Varna hayot sifati hamda xarajatlar örtasidagi nisbat eng maqbul bölgan şaharlar qatorida qayd etilgan.

Bu natija Yevropa mamlakatlarining boşqa xalqaro hayot sifati reytinglarida ham muntazam yuqori örinlarni egallaşi bilan uyğun.

Tahlilda taʼkidlanişiça, hayot sifati faqat aholi daromadlari bilan belgilanmaydi. Nisbatan hamyonbop tibbiy xizmat, rivojlangan jamoat transporti, ixçam şahar infratuzilmasi va xavfsizlikning yuqori darajasi kundalik hayot qulayligini sezilarli oşirişi mumkin.

Bunda aholining xarajatlari AQŞning ayrim yirik şaharlaridagi kabi yuqori bölişi şart emas. Ayrim hollarda Yevropa şaharlarida yaşaş AQŞga qaraganda arzonroqqa tuşişi mumkin. Ayniqsa, tibbiy xizmatlar va kundalik ehtiyojlar uçun sarf-xarajatlar hisobga olinganda bu farq yaqqolroq körinadi.

Biroq mualliflar bu ustunlik Yevropaning barça şaharlariga birdek taalluqli emasligini ham qayd etgan. Yaşaş xarajatlari mamlakat va şaharga qarab keskin farq qilişi mumkin.

Reytingning kuçli yuztaligiga Rossiyaning beşta şahri ham kiritilgan. Bular - Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Kaliningrad va Yekaterinburg.