Dunyoning 1000 ta şahrini qamrab olgan tadqiqot asosida Visual Capitalist infografika tayyorlagan. Hayot sifati aholi jon boşiga daromad, daromadlar tengsizligi, uy-joy xarajatlari, kutilayotgan umr davomiyligi, jinoyatçilik darajasi hamda dam oliş va madaniy maskanlardan foydalaniş imkoniyatlari böyiça baholangan.

Kanberraning yetakçiligiga yuqori iş haqi va daromadlar örtasidagi tafovutning nisbatan kiçikligi asosiy omil bölgan. Şaharda davlat sektoriga tegişli barqaror va yaxşi haq tölanadigan iş örinlari köp.

Avstraliya poytaxti kutilayotgan umr davomiyligi böyiça ham yaxşi natijalar qayd etgan. Aholi soniga nisbatan dam oliş va madaniy maskanlarning köpligi ham şaharning yuqori baholanişiga hissa qöşgan.

Biroq Kanberra Global Cities Index’ning barça yönalişlarni qamrab oluvçi umumiy reytingida 45-örinda turibdi. Yaʼni hayot sifati böyiça yetakçilik şaharning umumiy reytingda ham birinçi örinni egallaşini anglatmaydi.

Hayot sifati böyiça yuqori poğonalarda Yevropa şaharlari ustunlik qilgan. Ular orasida Norvegiyaning Bergen va Oslo, Fransiyaning Grenobl hamda Şveysariyaning Bern şaharlari bor.

Germaniyaning beş şahri - Drezden, Berlin, Myunxen, Ştutgart va Frayburg-im-Braysgau dastlabki 21 talikka kirgan. Şveysariyaning Bern, Bazel va Syurix şaharlari birinçi yigirmatalikdan, Italiyaning Venetsiya, Paduya va Genuya şaharlari esa birinçi öttiztalikdan joy olgan.

Moskva hayot sifati böyiça 180-örinni egallagan.

Yevropadan taşqarida Avstraliyaning Kanberra va Sidney, AQŞning San-Xose va Sietl, Tayvanning Sinçju va Taybey şaharlari hamda Singapur yuqori natijalar körsatgan.

Odatda yaşaş uçun jozibador deb qaraladigan ayrim şaharlar esa birinçi öttiztalikka ham kira olmagan. Bunga, asosan, uy-joyning qimmatligi taʼsir qilgan.

Masalan, Daniya poytaxti Kopenhagen umumiy reytingda 18-örinda bölsa-da, hayot sifati böyiça 160-poğonada qolgan. Oxford Economics bahosiga köra, uy-joy taklifining çeklanganligi va narxlarning yuqoriligi natijani pasaytirgan. Ayni paytda şahar boşqaruv sifati böyiça dunyoda birinçi örinni egallagan, atrof-muhit va iqtisodiyot yönalişlarida ham kuçli natijalar qayd etgan.

Kanadaning Vankuver şahrida ham şunga öxşaş holat kuzatilgan: u umumiy reytingda 24-örinda, hayot sifati böyiça esa 215-örinda turibdi. Faol dam oliş uçun rivojlangan infratuzilma va yuqori umr davomiyligiga qaramay, uy-joy xarajatlarining juda kattaligi şahar bahosini sezilarli pasaytirgan.