Eron 15 yanvarda sun'iy yöldoşini orbitaga olib çiqa olmadi. Qurilma belgilangan orbitaga çiqa olmagan, deb xabar berdi Eron televideniyesi. 

Eronning telekommunikatsiya işlari vaziri Muhammad Javod Azariyning aytişiça, muvaffaqiyatsizlik raketa-taşuvçining 3-poğonasidagi muammo bilan boğliq bölgan. 

Tehrondagi Amirkabir texnologik universiteti mutaxassislari tomonidan işlab çiqilgan “Payom-a-Amirkabir” sun'iy yöldoşi kosmik observatoriya bölib xizmat qilişi kerak bölgan. Uşbu qurilma Eron hududi suratlarini uçta spektrda uzatişi va koinotda radiatsiya nurlanişi ölçovlarini olib borişi rejalaştirilgan.