Augsburg (Bavariya, Germaniya)da ijobiy energetik muvozanatli qişloq barpo etildi, bu qişloq binolari iste'mol qilinadiganga nisbatan köproq elektr energiya işlab çiqaradi degani. Gap faqat yoritiş yoki maişiy uskunalarni quvvatlantiriş uçun foydalaniladigan elektr energiyada emas, isitiş tizimi, issiq suv ta'minoti va boşqalarni ham öz içiga olgan butun iste'mol qilinadigan energiya haqida bormoqda. 

Qişloq 13 bino — kuçli taşqi issiqlikka ega keramik toşlardan qurilgan 9 individual uy va 4 ikki qavatli kottejdan iborat. Kottejning maksimal maydoni: 161 m2.

Binolar KfW-Effizienzhaus 55 standartiga muvofiq loyihalaştirilgan va qurilgan — bu KfW taraqqiyot bankining yuqori energosamarali binolari standartidir. «55» raqami birlamçi energiya xarajati bu yerda amaldagi davlat normasidan 55 foizdan oşmasligi kerakligini anglatadi. Bugunga kelib KfW-Effizienzhaus 55 standarti taxminan Passiv uy mezonlariga muvofiq keladi. Şu tariqa qişloq binosi issiqlik energiyasiga bölgan talabning juda pastligi bilan ajralib turadi. 

Har bir binoda quyoş elektr stansiyasi örnatilgan. Yakka tartibdagi uyda - 11,8 kVt quvvatli, ikki qavatli  kottejda - bir oilaga 7,56 kVt. U 6,4 kVt/s siğimli litiy-ion elektr energiya yiğuvçisi bilan uyğunlaşadi. Şuningdek, binoda issiqlik energiya töplovçisi, bir uy uçun 1500 l va kottejlarda bir oila uçun 1000 l siğimli bufer baki ham örnatilgan. 

Issiqlik va issiq suv işlab çiqariş fotoelektr stansiyasidan sozlamalarga muvofiq keluvçi havo-suv issiqlik nasosi orqali amalga oşiriladi. Bunday binolarda issiqlik rekuperatsiyasi (issiqlik uzatiş) bölgan ventilyatsion qurilma "seriyali" bölişi kerak. Mazkur holatda 90 foizli issiqlik uzatiş koeffitsiyentiga ega qurilmalar qöllaniladi. 

Yakka tartibdagi uy uçun umumiy energetik xarajatlar yiliga 6 651 kVt/s'ni taşkil qiladi, ikki qavatli kottejning yarmiga - yiliga 6 050 kVt/s. Bunda quyoş elektr stansiyalarining rejali işlab çiqarişi yiliga 13 168 va 8 343 kVt/s'ni taşkil qiladi, ya'ni şaxsiy uyda bir yilda energiya işlab çiqariş uning iste'molidan ikki baravar oşadi. 

Binolar elektromobillarni zaryadlovçi qurilmalar bilan jihozlangan. Işlab çiqariluvçi ortiqça energiya şu tariqa qöllanişi mumkin - bugun Germaniyada şaxsiy elektr energiyani tarmoqqa sotgandan köra uni iste'mol qilgan foydaliroq.