15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 000 sömlik banknot namunasi va dizaynini ma'qulladi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda köra muomalaga çiqarilmoqda:
- aholi uçun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oşirişda qulayliklar yaratiş;
- naqd pullarni saqlaş va taşiş bilan boğliq xarajatlarni kamaytiriş;
- aholiga bankomatlar orqali xizmat körsatişda samaradorlikni oşiriş;
- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallaştiriş.
100 000 söm qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida çiqariladi hamda uning ösişiga ta'sir körsatmaydi, deyiladi xabarda.
Yangi nominaldagi banknotning körinişi, tasnifi va çiqariliş sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank milliy valuta qiymatining özgarişi töğrisidagi ma'lumotni rad etgandi.












