Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2022 yillarda Xiva şahrining markaziy qismi me'moriy qiyofasini yaxşilaş va sayyohlik salohiyatini rivojlantiriş çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Xiva şahrining tasdiqlangan boş rejasiga muvofiq quyidagi çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi 2019-2022 yillarda Xiva şahrining markaziy qismi me'moriy qiyofasini yaxşilaş va sayyohlik salohiyatini rivojlantiriş Dasturi:

Xiva şahrining markaziy qismidagi madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş, ta'mirlaş va tiklaş böyiça çora-tadbirlar;

Xiva şahrining markaziy qismidagi ijtimoiy soha obektlarini yangidan quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş çora-tadbirlari;

Xiva şahrining markaziy qismidagi sayyohlik, servis va bozor infratuzilmasi obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş çora-tadbirlari;

Xiva şahrining markaziy qismidagi transport va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari;

Xiva şahrining markaziy qismidagi turar va noturar joylarni buziş çora-tadbirlari;

Xiva şahrining markaziy qismidagi mahallalarni hunarmandçilik turlari böyiça ixtisoslaştiriş yönalişlari tasdiqlanişi mumkin.

Belgilab qöyilişiça, Dastur doirasida:

madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş, ta'mirlaş va tiklaş işlari Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablağlari;

ijtimoiy soha obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlari markazlaşgan manbalar;

sayyohlik, servis va bozor infratuzilmasi obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlari tegişligiga köra buyurtmaçilar va obekt egalarining öz mablağlari hamda tijorat banklarining kreditlari;

içimlik va oqava suv tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, markaziy alleyani quriş, xiyobonlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, taşqi yoritiş tizimlari, şuningdek hududlarning suğoriş tizimlarini yaxşilaş va yer osti suvlari sathini pasaytiriş işlari Orolböyi jamğarmasi mablağlari;

avtomobil yöllarini (mahalliy va içki) quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş (piyodalar yölaklari va velosipedlar uçun maxsus yöllarini quriş işlarini közda tutgan holda) işlarini Respublika yöl jamğarmasi mablağlari;

elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş va köçiriş işlari tegişligiga köra “Özbekenergo” AJ, “Öztransgaz” AJ va “Özbektelekom” AKning öz mablağlari;

yöl-quriliş ta'mirlaş işlarini bajariş natijasida buzilişga tuşgan turar va noturar joylarga kompensatsiya tölovlari Özbekiston Respublikasi avtomobil yöllari davlat qömitasi tomonidan Respublika yöl jamğarmasi mablağlari;

Xiva şahrining “Qumyasqa”, “Kaptarxona”, “Kalta minor”, “Yangi turmuş” va “Mevaston” mahallalari hududidagi yöl çegaralaridan taşqarida joylaşgan buzilişi közda tutilgan turar va noturar joylarga kompensatsiya tölovlari Xorazm viloyati hokimligi tomonidan mahalliy budjet mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi (Abdullayev), Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov) boş rejaga asosan buzilişi közda tutilgan turar va noturar joylarni joylaştiriş uçun zarur bölgan yer maydoni ajratiş çoralarini köradi.

Şuningdek, mazkur işlarni amalga oşiriş uçun homiylar mablağlari va qonunçilikda ta'qiqlanmagan boşqa manbalarni ham jalb etiş mumkin.

Dasturning amalga oşirilişini monitoring qiliş hamda bu borada tegişli vazirlik, idora, taşkilotlar va loyiha taşabbuskorlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika işçi guruhi tuziladi.

Respublika işçi guruhi (A.Ramatov)ga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

tegişli vazirlik, idora, taşkilotlar va loyiha taşabbuskorlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan çora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oşirilişini tahlil qilib boriş va muvofiqlaştiriş;

muammoli masalalarni muntazam ravişda örganib boriş va ularni hal etiş yuzasidan tezkor çoralarni köriş;

zarurat bölganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelişilgan loyiha-smeta hujjatlari mavjud bölgan taqdirda, Dastur parametrlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş.

Xiva şahridagi “Içan qal'a”, “Dişan qal'a” va boşqa madaniy meros obektlarini muhofaza qilişni kuçaytiriş hamda sayyohlik salohiyatini rivojlantiriş böyiça maxsus işçi guruhi tuziladi.

Maxsus işçi gurux (A.Abduhakimov)ga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

Xiva şahridagi “Içan qal'a”, “Dişan qal'a” va boşqa madaniy meros obektlarida restavratsiya va ta'mirlaş-tiklaş işlarini hamda ularga yondoş hududlarda quriliş, rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş masalalarini Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNeSKO) bilan kelişiş;

YuNeSKO bilan kelişuv asosida Xiva şahridagi “Içan qal'a”, “Dişan qal'a” va boşqa madaniy meros obektlarida restavratsiya va ta'mirlaş-tiklaş işlarini hamda ularga yondoş hududlarda quriliş, rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş, ularni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş;

Xiva şahrining sayyohlik salohiyatini rivojlantiriş böyiça takliflar tayyorlaş va ularni amalga oşiriş hamda şaharda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sayyohlik infratuzilmasi obektlarini joylaştiriş masalalarini kelişiş, şuningdek, bu boradagi işlarning borişini nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş.

Ma'lumot uçun qabul qilinişiça, Xiva şahridagi “Içan qal'a”, “Dişan qal'a” va boşqa madaniy meros obektlarida restavratsiya va ta'mirlaş-tiklaş işlarini hamda ularga yondoş hududlarda quriliş, rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlarini amalga oşirişga faqat YuNeSKO bilan kelişuv mavjud bölgan taqdirda ruxsat beriladi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Quriliş vazirligi bilan birgalikda Xiva şahrining boş rejasiga asosan işlab çiqilgan şaharning markaziy qismini batafsil rejalaştiriş loyihasini “Dişan qal'a” hududining çegaralarini aniqlagan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va şaharsozlik kengaşida körib çiqilişini va tasdiqlanişini ta'minlaydilar.

Dastur doirasida:

a) madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş, ta'mirlaş va tiklaş işlari böyiça:

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş ilmiy-işlab çiqariş boş boşqarmasi buyurtmaçi etib;

“Meros çaşmasi” UK boş loyiha taşkiloti etib;

b) içimlik va oqava suv tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, markaziy alleyani quriş, xiyobonlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, taşqi yoritiş tizimlari, şuningdek hududlarning suğoriş tizimlarini yaxşilaş va yer osti suvlari sathini pasaytiriş işlari böyiça:

Xorazm viloyati hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmaçi etib;

“ÖzşaharsozlikLITI” DUK boş loyiha taşkiloti etib;

v) ijtimoiy soha obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlari böyiça Xorazm viloyati hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmaçi etib;

g) avtomobil yöllari (mahalliy va içki) hamda elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlari böyiça tegişligiga köra Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi, “Özbekenergo” AJ, “Öztransgaz” AJ va “Özbektelekom” AK buyurtmaçi etib hamda tarmoq loyiha institutlari boş loyiha taşkilotlari etib belgilanadi.

Dasturga kiritilgan barça obektlar böyiça pudrat taşkilotlarini istisno tariqasida tanlov savdolarini ötkazmagan holda, eng maqbul takliflar tanlovi orqali belgilaşga ruxsat beriladi.

Xorazm viloyati va Xiva şahar hokimliklari:

tegişli vazirlik, idora, taşkilotlar va loyiha taşabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dastur parametrlaridan kelib çiqqan holda har bir obekt böyiça alohida tarmoq jadvallarini işlab çiqib, tasdiqlaydilar;

har çorak yakuni bilan Dasturdagi tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajarilişi böyiça loyiha taşabbuskorlari faoliyatining natijadorligini şahar faollari yiğilişlarida muhokama qilsinlar hamda amalga oşirilgan işlar böyiça Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradilar.

Xorazm viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Avtomobil yöllari davlat qömitasi, “Özbekenergo” AJ, “Öztransgaz” AJ, “Özbektelekom” AK, loyiha taşabbuskorlari va buyurtmaçilar Dasturga kiritilgan obektlar böyiça loyiha-smeta hujjatlarini sifatli işlab çiqib, şu asosda quriliş-montaj işlarini amalga oşirişni ta'minlaydilar.

Obektlarni loyihalaştirişda milliy uslubdagi me'moriy yeçimlarni qöllaş, energiya tejamkor va mahalliy quriliş materiallaridan keng foydalaniş hamda ortiqça xarajatlarga yöl qöymaslik masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Özbekiston Respublikasi avtomobil yöllari davlat qömitasi Xiva şahrining markaziy qismini batafsil rejalaştiriş loyihasida rejalaştirilgan avtomobil yöllarini (mahalliy va içki) quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş (velosipedlar uçun maxsus yöllarini quriş işlarini közda tutgan holda) işlarini Respublika yöl jamğarmasi hisobidan amalga oşiradi.

“Özbekenergo” AJ va “Öztransgaz” AJ Dastur doirasida quriladigan obektlarni elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga öz vaqtida ulanişini hamda ularning uzluksiz yetkazib berilişini ta'minlaydilar.

“Öztransgaz” AJ Xiva şahri hududiga kiritilgan Angarik, Qiblatozaboğ, Şixlar mahallalarini gaz tarmoğiga öz mablağlari hisobidan qayta ulaş çoralarini köradi.

Xorazm viloyati hokimligi, “Özşahar quriliş invest” IK va “Ipoteka-bank” ATIB Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini samarali amalga oşiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3350 son qarori doirasida Xiva şahrining Sangar va  Angarik mahallalarida har yili kamida 10 tadan hamda Xiva şahrida 2020-2021 yillarda har yili 20 tadan 5-7 qavatli arzon köp kvartirali uylar qurilişini taşkil etadilar.

Xususan, bunda mazkur arzon köp kvartirali uylarga birinçi navbatda “Içan qal'a” hududida yaşovçi oilalarni bosqiçma-bosqiç joylaştiriş hisobiga uşbu hududdagi aholining ziçligini kamaytiriş, ijtimoiy vaziyatni yaxşilaş va qulay yaşaş-maişiy şaroitlarini yaratiş ta'minlanadi.

Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Xunarmanlar” uyuşmasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda milliy an'analarni hisobga olgan holda milliy hunarmandçilikni rivojlantiriş maqsadida Xiva şahrining “Kalta minor” mahallasi hududida gilamçilik va kulolçilik, “Kaptarxona” mahallasi hududida zargarlik, “Mevaston” mahallasi hududida miskarçilik, “Yangi turmuş” mahallasi hududida ganç öymakorlik va “Içan-qal'a” mahallasi hududida yoğoç öymakorligiga ixtisoslaşgan hunarmandçilik ustaxonalari, rastalari va dökonlarini taşkil qiladilar.

Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Quriliş vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda sayyohlik infratuzilmasi obektlari qurilişi böyiça loyiha taşabbuskorlarini jalb qiliş, moliyaviy manbalarni aniqlaş, loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş işlarining har bir bosqiçini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş ta'minlanadi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va buyurtmaçi taşkilotlar bilan birgalikda har yilgi Özbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini şakllantirişda, moliyalaştiriş manbalarini va hajmlari aniqlaştirgan holda, uşbu qarorga muvofiq amalga oşirilişi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda kiritib boradilar.

Maxsus işçi guruh (A.Abduhakimov) quyidagilarni nazarda tutgan holda:

a) Xiva şahrining markaziy qismida “Şahar yuragi” – sayyohlik va madaniy-ma'rifiy klasterini taşkil etadi:

klasterning maydonini belgilaş, xususan bunda “Içan qal'a”, “Dişan qal'a” va boşqa madaniy meros obektlarini qamrab oliş;

klaster tarkibiga kiritiladigan sayyohlik infratuzilmasi obektlarini aniqlaş;

klaster doirasida körsatiladigan xizmatlar va bajariladigan işlar turini şakllantiriş;

klasterning xöjalik faoliyati va ma'muriy-boşqaruv şakllarini belgilaş;

b) Xiva şahrining sayyohlik salohiyatini rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqib, tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

sayyohlik infratuzilmasini yaxşilaş, turli obektlarning özaro uyğunlikdagi tarmoğini yaratiş hamda körsatiladigan xizmatlar turlari va kölamini kengaytiriş;

transport infratuzilmasini yaxşilaş, yöl böyi infratuzilma obektlarini şakllantiriş, sayyohlik marşrutlarining eng maqbul variantlarini aniqlaş, şuningdek, tuya va ot kabi jonivorlar yordamida “tur-safari”lar taşkil etiş;

madaniy-ma'rifiy tadbirlarni (art-bozor, teatr şoulari, şe'rxonlik keçalari, “xalpa” aytişuvlari, qöğirçoq öyinlari, “xöroz” va “qöçqor” öyinlari, milliy ohanglar bazmlari va b.) va milliy hunarmandçilik körgazmalarini taşkil etiş hamda ularning öziga xos milliy “kolorit”larini keng tarğib etişni yölga qöyiş.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda har yili sentabr oyining oxirgi yakşanba kuni “Içan qal'a” va “Dişan qal'a” hududlari böylab madaniy-ma'rifiy tadbirlarni uyğunlaştirgan holda, sayyohlarni tarixiy umumxalq an'analari bilan taniştiriş maqsadida “Lazgi” – folklor festival-şoularni ötkazişni yölga qöyadi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş, ularda restavratsiya, ta'mirlaş va tiklaş işlarini hamda ularga yondoş hududlarda quriliş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş böyiça YuNeSKO va boşqa xalqaro tuzilmalar tomonidan qöyilgan talablar hamda xalqaro şartnoma va konvensiyalardan kelib çiqqan holda, Özbekiston Respublikasining “Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonuniga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Xususan bunda, madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va foydalaniş böyiça talablarni kuçaytiriş, örnatilgan qoida va normalarga qat'iy amal qiliş hamda ularni xalqaro umume'tirof etilgan norma va tavsiyalarga muvofiqlaştiriş, şuningdek, mutasaddilarning mas'uliyati va javobgarligini kuçaytiriş masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi örnatilgan tartibda Dasturga kiritilgan obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan ötkazilişi va quriliş-montaj işlari sifati ustidan davlat-arxitektura quriliş nazoratining örnatilişini ta'minlaydi.

Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari – “Özbekiston temir yöllari” AK boşqaruv raisi A.J.Ramatov, Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari A.A.Abduhakimov, madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi A.O‘.Oqqulov va Xorazm viloyati hokimi F.U.Ermanov zimmasiga yuklanadi.