29-sentabr kuni Xiva şahrida «Strategik şeriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantiriş, yangi vazifalar va hamkorlik istiqbollari» mavzusida törtinçi Özbekiston–Belarus parlamentlararo forumi öz işini boşladi.

Forumda Özbekiston va Belarus parlamentlari palatalari rahbarlari va aʼzolari, hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy Kengaşlar, oliy taʼlim muassasalari, yoşlar parlamentlari hamda biznes vakillari qatnaşmoqda.

Ikki kunlik tadbir davomida parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş, yangi hamkorlik yönalişlarini belgilaş va ikki mamlakat örtasidagi şeriklikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi.

Forum doirasida Özbekiston va Belarus mahalliy vakillik organlari vakillarining uçraşuvi ham ötkaziladi.

Xivada Özbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining törtinçi biznes-forumi ham taşkil etilmoqda. Unda sanoat kooperatsiyasi, qöşma investitsiyalar, agrosanoat, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiyalar, turizm, şuningdek, gumanitar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalari körib çiqiladi.

Tadbir iştirokçilari «Made in Uzbekistan» va «Made in Belarus» brendlari ostida işlab çiqarilgan milliy mahsulotlar körgazmasi bilan ham tanişişi mumkin.

Forum yakunida Xiva deklaratsiyasini qabul qiliş, şuningdek, tijorat şartnomalari, hamkorlik bitimlari va memorandumlarni imzolaş rejalaştirilgan.