Özbekiston Respublikasi prezidenti “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini taşkil etiş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Andijon viloyati hokimligining Andijon viloyati Andijon tumanida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini (“Andijon-farm” EIZ) taşkil etiş töğrisidagi taklifi qabul qilindi.
Quyidagilar “Andijon-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:
yuqori qöşilgan qiymatli, şu jumladan, “in-bulk” şaklida farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini işlab çiqaruvçi zamonaviy korxonalarni taşkil etiş uçun, eng avvalo, Hindiston Respublikasi yetakçi kompaniyalarining töğridan-töğri investitsiyalari va ilğor texnologiyalarini jalb etiş;
dorivor ösimliklar xomaşyosini qayta işlaş va tayyor dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamçi va qadoqlaş materiallari işlab çiqariş böyiça yangi zamonaviy işlab çiqariş va quvvatlarni taşkil etiş;
dorivor ösimliklar xomaşyosini öziga xos tabiiy şaroitlarda yetiştiriş va keyinçalik qayta işlaş borasida Andijon viloyatining işlab çiqariş va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanişni ta'minlaş;
erkin iqtisodiy zonalar taşkilotlari hamda respublikamizning boşqa korxonalari örtasida mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatiş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş orqali mahalliy dorivor ösimliklar xomaşyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş;
“Andijon-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yöl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantiriş, şuningdek, uning hududida sifatli logistika xizmatlari körsatiş böyiça zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş;
“Andijon-farm” EIZning soha kadrlariga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib çiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, şu jumladan, ularning “Andijon-farm” EIZ hududida joylaşgan korxonalarda işlab çiqariş amaliyotini ötaşini taşkil etiş orqali tayyorlaşda qatnaşiş.
Belgilanişiça:
“Andijon-farm” EIZning faoliyat yuritiş muddati 30 yilni taşkil etadi va uşbu muddat keyinçalik uzaytirilişi mumkin;
“Andijon-farm” EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.












