Sejong şahrida joylaşgan Milliy kutubxona Koreya milliy kutubxonasining birinçi filiali sanalib, u aynan Koreyaning multifunksional-adminstrativ şahrida qurildi.

Taniqli Samoo Architecs & Engineers tomonidan barpo etilgan majmuaning taşqi qiyofasi varaqlanayotgan kitobning şaklini yodga soladi va özining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib oliş imkonini beradi. Şuningdek bino arxitektura dizayni koreyaliklarning öz qadimiy bino va inşootlarining dizaynini eslatadi deb öylayman. Bu esa Koreya xalqining öz tarixini unutmaganligini va qadimiy arxitektura bilan xay-tek uslublarini uyğunlaştirib, yangiça yondaşuvlardan foydalanişayotganligidan dalolat beradi.

Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bağişlangan kitoblarni özida jamlagan zamonaviy maskan, balki kitobxonlar qulayligi uçun eng ilğor raqamli texnologiyalarni özida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Şu sababli ham kutubxonaga “E-BRARY”, (ya'ni emotion –emotsiya, library – kutubxona) nomi berilgan.   

Bu yerda odamlar hamişa gavjum bölib, foydalanuvçilar taşrifining keti uzilmaydi. Mahalliy aholi va talabalar uçun esa allaqaçon sevimli maskanga aylanişga ulgurgan.  Kutubxona içida turli bölinmalarga bölingan keng va yoruğ zonalar mavjud bölib, siz istalgan yerda kitob öqişingiz, işlaringiz bilan maşğul bölişingiz mumkin. Şuningdek, körgazmalar zalida kutubxona mehmonlari öz qöllari bilan ajoyib ijod namunalarini yaratişlari mumkin.

Kutubxonada Wi-Fi’dan foydalaniş oson bölib, zamonaviy texnik qurilmalar orqali muhim işlarni ham bitiriş mumkin. Agarda zarur qönğiroq bölib qolsa, atrofdagilarga xalaqit bermaslik uçun maxsus telefon budkalari örnatilgan. Işonç hosil qiliş maqsadida qönğiroq amalga oşirib kördim va taşqaridagi döstim ovozimni umuman eşita olmaganligini aytdi. Bu budkalar tovuş ötkazmaydigan qilib yasalgan.  

Ta'kidlaş joizki, koreyaliklar energotejamkorlikka va qayta tiklanuvçi energiya manbaalaridan foydalanişga juda katta e'tibor berişadi. Şuning uçun, köpgina katta bino va inşootlarda quyoş panellaridan va kiçik şamol parraklaridan elektr energiyasini işlab çiqarişda foydalanişadi.

Kutubxona ma'muriyati esa bino qança elektr energiyasi işlab çiqardi va qança sarf etganligini onlayn rejimida körsatib turuvçi tablo örnatgan. Bu öz navbatida Koreyada davlat taşkilotlarining elektr energiyasi böyiça sarf-xarajatlarning şaffofligini körsatib turiş mexanizmi borligi va “yaşil va smart iqtisodiyot”ga ötilayotganligidan dalolat beradi. 

 Bolajonlar uçun maxsus hudud mavjud bölib, turli mavzulardagi adabiyotlarni topib, öqiş mumkin. Hattoki, ota-onalar ham farzandlari bilan kitob mutolaa qilib, vaqtlarini mazmunli ötkazişga oşiqişadi. 

Darvoqe, mazkur fotoreportaj Kun.uz’ning Janubiy Koreyalik muxbiri tomonidan 2018 yil 31 dekabr kuni tayyorlandi.

Yangi yil kirib kelişiga bir neça soat qolgan bölsa-da, kutubxona katta-yu kiçik yoşdagi insonlar bilan gavjum edi. Koreyaliklarning kitobga bölgan muhabbati, bilimga bölgan iştiyoqini şundan ham payqaş sir emas.  

Agarda sizning ham yölingiz Koreyaning yangi “smart” şahriga tuşib qolsa, markazda qad rostlagan kutubxonaga taşrif buyurişni unutmang. Bu yerda siz ilm va texnologiyaning betakror uyğunligiga guvoh bölasiz. 

Feruza Avazova 
Kun.uz muxbiri