2019 yilning 16 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Tszyan Yanni qabul qildi.

Foto: TIV axborot xizmati

TIV xabariga köra, suhbat çoğida 2019 yil uçun möljallangan Özbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Elçi joriy yil aprel oyida Pekin şahrida ötkaziladigan «Bir makon, bir yöl» ikkinçi xalqaro forumida iştirok etiş uçun Özbekiston prezidenti nomiga yöllangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topşirdi.

Uçraşuvda Toşkent şahrida oliy darajadagi Özbekiston – Xitoy uçraşuvini ötkazişning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov Xitoy elçisi bilan muzokaralar ötkazgandi.