Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning ÖzA'ga bergan intervyusida aytişiça, içki işlar organlari internet tarmoqlarini muntazam ravişda kuzatib bormoqda.
«Biz Internet tarmoqlarini muntazam ravişda kuzatib borib, içki işlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekşirib, sinçkovlik bilan örganib boryapmiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalaşga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qat'iyat bilan davom ettiriladi», - dedi u.
Qayd etilişiça, ötgan yil içki işlar organlari uçun islohotlarga boy yil bölgan. Davlat rahbarining qarori bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining bayroği va emblemasi tasdiqlangan.
«Endilikda Prezidentimiz qayd etganidek, biz qançalik qiyin bölmasin, çekka-çekka hududlarda ham “Jinoyat haqiqati va adolati” tamoyilini albatta joriy etişimiz kerak. Ya'ni jinoyat sözsiz foş etilişi va aybdor jazolanişi şart», - deydi Pölat Bobojonov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pölat Bobojonov IIVda zöravonlik va qiynoqqa solişga qarşi qanday kuraş olib borilayotganini aytgandi.












