Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-quriliş boşqarmasining faoliyatini taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-quriliş boşqarmasi muddatli harbiy xizmatçilarining ovqatlanişini autsorsing şartlarida, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari va bölinmalari uçun belgilangan tartibda taşkil etiş;

Maxsus boşqarmaga yuridik va jismoniy şaxslarga Maxsus boşqarmaning mavjud kuç va vositalari (şu jumladan, muddatli harbiy xizmatçilarning mehnati) bilan xizmat körsatiş, şuningdek, pudrat işlarini (muhandislik-quriliş, transport va faoliyat yönalişi böyiça boşqa işlarni) tölov asosida amalga oşiriş huquqini beriş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Maxsus boşqarma bölinmalarini oğir iqlim şaroitlarida vaqtinça joylaştirişda barça toifadagi haqiqiy harbiy xizmatçilarga (muddatli harbiy xizmatçilardan taşqari) pul ta'minotini, işçi va xizmatçilarga iş haqini hisoblaş tsgişli hududiy koeffitsiyentlarni qöllagan holda amalga oşirilişi belgilab qöyildi.

Qarorda körsatilişiça, favqulodda vaziyatlar vaziri Maxsus boşqarmaning avtomobil, maxsus va muhandislik texnikalari, şuningdek, agregatlari uçun tsxnik-ekspluatatsion normalar hamda faoliyatining öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda yöl bosiş (motoresurs, motosoat) limitlarini belgilaş huquqiga ega.

Şuningdek, maxsus boşqarma boşliği yuqori körsatkiçlarga erişgan, topşirilgan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajargan Maxsus boşqarma harbiy xizmatçilarini (muddatli harbiy xizmatçilardan taşqari), şuningdek, işçi va xizmatçilarini budjetdan ajratilgan mablağlar hamda jalb etilgan budjetdan taşqari mablağlar doirasida har oyda lavozim maoşining uç barobarigaça miqdorda rağbatlantiriş huquqiga ega.