Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan ilk marotaba ötkazilgan “Yil talabasi” tanlovi ğoliblari aniqlandi.

Tanlov oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida 3 bosqiçda ötkazilib, unda jami 316 nafar yoşlar iştirok etdi. Yakunda quyidagi iqtidorli talabalar ğoliblikni qölga kiritdi:

“Yilning öz mutaxassisligi böyiça eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi böyiça:

1-örin - Sardor Bozorboyev, Özbekiston milliy universiteti talabasi.

2-örin - Iroda Ismoilova, Urganç davlat universiteti talabasi.

3-örin - Şohruxbek Ahtamov, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi. 

“Yilning eng taşabbuskor talabasi” nominatsiyasi böyiça:

1-örin - Sardor Berdiyev, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Qarşi filiali talabasi. 

2-örin - Botirali Rahmonov, Farğona davlat universiteti talabasi. 

3-örin - Kamoliddin Umarov, Özbekiston davlat san'at va madaniyat universiteti talabasi.

“Yilning ixtiroçi talabasi” nominatsiyasi böyiça:

1-örin - Umid Ravşanov, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Buxoro filiali talabasi.

2-örin - Sardorjon Saloydinov, Namangan muhandislik quriliş instituti talabasi.

3-örin - Diyora Oxunova, Toşkent tibbiyot akademiyasi talabasi.

“Yilning sportçi talabasi” nominatsiyasi böyiça:

1-örin - Bektemir Meliqöziyev, Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi.

2-örin - Şohsanamxon Toşpölatova, Qarşi davlat universiteti talabasi.

3-örin - Iqboljon Xoldarov, Andijon davlat universiteti talabasi.

“Yilning ijodkor talabasi” nominatsiyasi böyiça:

1-örin - Sanjarbek Azimov, Özbekiston davlat konservatoriyasi talabasi.

2-örin - Şohsanam Boyçiboyeva, Milliy rassomçilik va dizayn instituti talabasi.

3-örin - Hulkar Xudoyberdiyeva, Samarqand davlat universiteti talabasi. 

Şuningdek, tanlov yakunlariga köra “Yilning eng faol tarğibotçi talabasi” nominatsiyasi böyiça Toşkent davlat agrar universiteti talabasi Mohinur Jörayeva hamda “Yilning eng faol notiq talabasi” nominatsiyasida Toşkent davlat agrar universiteti Andijon filiali talabasi Gavharoy Usmonxöjayevalar sovrinli örinlarni qölga kiritdilar.

Tanlov nizomiga muvofiq ravişda har bir nominatsiya böyiça 1-örin sohiblari tanlov statuetkasi va eng kam iş haqining 10 barobari miqdorida, 2-örin sohiblari eng kam iş haqining 8 barobari miqdorida, 3-örin sohiblari eng kam iş haqining beş barobari miqdorida pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandilar.