Tinç okeanida plastik çiqindilarning katta miqdori suzib yuribdi. Ular birgalikda katta orolni taşkil etmoqda. Ilğor muhandis va ekologlar bu muammoni bartaraf etişning turli variantlarini taklif etişmoqda, biroq ayni vaqtda amalga oşirilayotgan loyihalar masalani hal etiş haqida gapirişga yöl qöymaydi. Okeandan plastikni yöqotiş muammosi hali ham dolzarbligiça qolayotgan bölsa, uning paydo böliş manbai allaqaçon ma'lum: bu qit'alardan tonnalab plastikni olib keladigan daryolardir.

Rotterdam şahri ekolog va faollari okeanni tozalaşga yana bir loyiha bilan emas, Nive-Maas daryosidagi plastikni yiğiş bilan hissa qöşişga qaror qilişdi. Nive-Maas Reyn daryosi deltasining ulkan yenglaridan biri hisoblanadi va Rotterdam orqali oqib ötadi.

RecycledIsland Foundation kompaniyasi daryoda plastik çiqindini uşlab qoladigan uçta maxsus qopqonni örnatişdi. Bundan taşqari, daryodagi tozalaş işlariga köngillilar ham kelib qöşilişdi, ular qirğoqdagi çiqindini töpladilar. Plastik çiqindilar qayta işlaşga yuborildi, olingan plastikdan esa suzuvçi boğning asosi bölib xizmat qiladigan konteynerlar yasaldi.

Nive-Maas daryosidagi suzuvçi boğ 2018 yilning yoz faslida oçildi. Oçiliş vaqtida u oltiburçak şaklidagi 28 blokdan iborat edi. Bunday şakl bloklarni turli körinişda joylaştiriş va zaruriyat bölganida ularga yangilarini qöşiş uçun yaratildi. Uşbu ğaroyib boğning bloklari turli vazifalarni bajaradi. Ularning katta qismiga turli ötsimon ösimliklar ekilgan, qolganlari esa şaharliklar uçun hordiq oliş hududlariga aylantirilgan. Suzuvçi boğ tezda mahalliy diqqatga sazovor joyga aylandi va sayyoh hamda şaharliklarning diqqatini öziga jalb etdi.

Ehtimol daryoda suzuvçi ösimlikli plastik bloklar buyuk landşaft dizaynerlarining asarlari kabi uluğvor emasdir. Biroq bu loyihaning asosiy maqsadi ommani plastik çiqindilarni utilizatsiya qiliş muammosiga jalb etişdan iborat. Bunday loyiha Tinç okeanidagi plastik bilan kuraşiş mumkin va kerakligini körsatadi. Biroq buni yirik daryolardagi xavfli çiqindini tutib oliş orqali quruqlikda amalga oşiriş maqsadga muvofiq.










