1950-yildan 1990-yilgaça Fransiya va Yevropaning boşqa bir qator mamlakatlari Şimoliy Atlantika okeani tubidan radioaktiv çiqindilarni saqlaş joyi sifatida foydalangan. U yerga jami 200 mingdan ortiq boçkada radioaktiv çiqindilar taşlangan.
Öşa davrda mutaxassislar va rasmiylar boçkalar okean tubida abadiy germetik holatda saqlanib qolişini kutmagan. Aksinça, radioaktiv moddalar vaqt ötişi bilan çuqur okean suvlarida asta-sekin tarqalib ketişi mumkin, degan yondaşuv mavjud bölgan.
Bugungi ekologik qaraşlar nuqtai nazaridan bunday yondaşuv jiddiy savollar tuğdiradi. Şu sababli olimlar önlab yillar ötgaç, konteynerlarning qanday holatga kelgani va ularning atrof-muhitga taʼsirini aniqlaşga harakat qilmoqda.
Ayrim boçkalar kuçli korroziyaga uçragan
Xalqaro tadqiqotçilar guruhi Fransiya ilmiy kemasida radioaktiv çiqindilar joylaşgan hududga ekspeditsiya uyuştirdi.
Bu yil 27-maydan 28-iyungaça davom etgan ekspeditsiya davomida jamoa qariyb 20-marta suv ostiga tuşiş işlarini amalga oşirdi.
Kuzatuvlar ayrim konteynerlar jiddiy darajada yemirilganini körsatgan. Boçkalarning bir qismida kuçli korroziya belgilari aniqlangan. Şu sababli tadqiqotçilar ulardan radioaktiv moddalar sizib çiqqan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Boçkalar «sunʼiy rif»ga aylangan
Olimlar radioaktiv çiqindilar saqlanayotgan hududda hayot deyarli qolmagan bölişi mumkinligini kutgan. Biroq tadqiqotlar boşqaça manzarani körsatdi.
Boçkalar atrofida turli dengiz organizmlari yaşaşda davom etmoqda. Ayrim konteynerlarda krablar, dengiz gubkalari, aktiniyalar va boşqa organizmlar örnaşib olgan.
Şu tariqa önlab yillar okean tubida yotgan radioaktiv çiqindi konteynerlari öziga xos «sunʼiy rif»ga aylangan.
Biroq olimlar bu holat radioaktiv çiqindilar zararsiz ekanini anglatmasligini taʼkidlamoqda.
Namunalarda radionuklidlar aniqlandi
Tadqiqotçilar boçkalar atrofidan dengiz tubi çökindilari, okean suvi, turli organizmlar va mikroblar jamoalaridan namunalar töpladi.
Okean tubida yemirilayotgan radioaktiv çiqindi boçkalari topildi
09:15 / 25.08.202626 2693 min
Fransiya va Yevropaning boşqa mamlakatlari 1950–1990-yillar oraliğida Şimoliy Atlantika okeani tubiga 200 mingdan ortiq boçkada radioaktiv çiqindilarni joylaştirgan. Endi xalqaro olimlar guruhi önlab yillar davomida konteynerlar, okean tubi va ular atrofidagi ekotizimda qanday özgarişlar yuz berganini örganmoqda. Dastlabki kuzatuvlar ayrim boçkalar kuçli korroziyaga uçraganini körsatgan. Şu bilan birga, radioaktiv çiqindilar atrofida dengiz hayoti saqlanib qolgan.

















