Mariana botiği insoniyat 150-yildan ortiq vaqt davomida okeanografik tadqiqotlar olib borayotganiga qaramay, dunyo okeani haqida hali qançalik kam maʼlumotga ega ekanimizni körsatuvçi eng yorqin misollardan biridir.
Biroq «okeanning qança qismi örganilgan?» degan savolga aniq raqam bilan javob beriş oson emas. Çunki hamma narsa «örganilgan» deganda aynan nimani tuşunişimizga boğliq. Okean tubini zamonaviy uskunalar yordamida xaritaga tuşiriş - bir masala, uni bevosita köriş, u yerdagi tirik organizmlar va ekotizimlarni tadqiq qiliş esa mutlaqo boşqa masala.
Köp yillar davomida dunyo okeanining 80 foizdan ortiq qismi hali örganilmagan va xaritaga tuşirilmagani haqidagi raqam keng tarqalgan edi. AQŞ Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasi - NOAA tizimidagi Milliy ekologik axborot markazlari ham şunday taʼrifdan foydalangan. Bu körsatkiç Nippon Foundation–GEBCO Seabed 2030 xalqaro loyihasi bilan boğliq bölib, uning maqsadi ön yillik oxiriga qadar sayyoramiz okean tubining töliq xaritasini yaratişdan iborat.
Ammo okeanning «xaritaga tuşirilmagan» qismi doimiy raqam emas. Tadqiqotlar kengaygani sari bu körsatkiç ham özgarib bormoqda.
NOAA Ocean Exploration maʼlumotlariga köra, 2026-yil avgust holatiga dunyo okeani tubining 28,7 foizi zamonaviy yuqori aniqlikdagi köp nurli gidrolokatorlar yordamida örganilib, xaritaga tuşirilgan. Bir neça yil avval bu körsatkiç taxminan 23 foizni taşkil qilgan edi.
Demak, hozir ham okean tubining uçdan ikki qismidan köproği yuqori aniqlikdagi batafsil xaritaga ega emas. Şu bilan birga, xaritaga olingan hududlar maydoni yil sayin kengayib bormoqda.
AQŞ suvlarida ham bu borada katta «oq doğlar» saqlanib qolgan. 2026-yil yanvar holatiga köra, mamlakat okean hududlari, sohilböyi suvlari va Buyuk köllarining 44 foizi hali zamonaviy talablar darajasida xaritaga tuşirilmagan. AQŞ bu böşliqni 2040-yilga qadar töliq bartaraf etişni maqsad qilgan.
Biroq okean tubini xaritaga tuşiriş uni töliq örganiş degani emas.
Masalan, sonar bilan jihozlangan kema maʼlum hududdan ötib, okean tubi relyefini aniqlaşi, suvosti toğlari yoki çuqur botiqlarni topişi mumkin. Ammo bunday maʼlumotlar u yerda qanday organizmlar yaşaşi, ular özaro qanday munosabatda bölişi yoki mahalliy ekotizim qanday işlaşi haqida deyarli heç narsa aytmaydi.













