Loyiha şu turdagi tadqiqotlar uçun maxsus yaratiladigan dunyodagi ilk suzuvçi sunʼiy «orol» sifatida taqdim etilmoqda. U katta ilmiy majmua imkoniyatlarini kemaning harakatçanligi bilan birlaştirişi kerak.

Platformadan Şanhay Szyao Tun universiteti foydalanadi. Uni loyihalaş va quriş Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasi - CSSC tarkibidagi Shanghai Waigaoqiao Shipbuilding kompaniyasiga topşirilgan.

Qurilişni 2028-yilda boşlaş, tayyor platformani esa 2030-yil iyunda buyurtmaçiga topşiriş rejalaştirilgan.

Uzunligi 138, eni 85 metr

Platforma katamaran şaklidagi ikkita korpus va yarim botiq asosiy konstruksiyaga ega böladi. Loyihaga köra, uning uzunligi 138 metr, eni 85 metrni taşkil etadi. Maksimal harakat tezligi soatiga qariyb 20 kilometrga yetişi közda tutilgan.

Ikki korpusli tuziliş oçiq dengizda uzoq vaqt işlaşda barqarorlikni taʼminlaşi kerak.

Texnik talablarga köra, platforma dengiz holatining xalqaro şkalasi böyiça yetti ballgaça bölgan tölqinlanişda işlay olişi lozim. Bunday şaroitda sezilarli tölqin balandligi taxminan 6–9 metr böladi.

Şuningdek, konstruksiya soatiga 260 kilometrdan yuqori barqaror şamol kuzatiladigan kuçli tayfunlarga bardoş berişga möljallanmoqda.

Tadqiqot uçun joyini özgartira oladi

Platformaning asosiy xususiyatlaridan biri - mustaqil harakatlaniş imkoniyati. Bir nuqtaga doimiy mahkamlangan dengiz inşootlaridan farqli ravişda, u ilmiy vazifalarga qarab bir hududdan boşqasiga öta oladi.

Bortdagi laboratoriyalar, yaşaş xonalari va keng işçi paluba olimlarga portga tez-tez qaytmasdan, oçiq dengizda uzoq muddat tadqiqot olib boriş imkonini berişi kutilmoqda.

Oltita laboratoriya nimani örganadi?

Ilmiy majmuada oğir dengiz uskunalari va muhandislik tizimlarini sinaş, xavfli dengiz hodisalari, meteorologiya hamda okean ekotizimlarining uzoq muddatli özgarişlarini örganiş rejalaştirilgan.

Tadqiqotlar katta çuqurliklarda işlaş texnologiyalarini ham, Jahon okeani holatiga taʼsir qiluvçi tabiiy jarayonlarni ham qamrab oladi.