Prezident Şavkat Mirziyoyev 17-18 yanvar kunlari amaliy taşrif bilan Hindistonda böldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan muzokara ötkazdi. Uçraşuv davomida Özbekiston Respublikasi prezidentining ötgan yili oktabr oyidagi Hindistonga davlat taşrifi yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlarning amaliy ijrosi bilan boğliq masalalar, şuningdek Özbekiston va Hindiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari körib çiqilgan.

Davlat rahbarlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, soğliqni saqlaş, farmatsevtika tarmoği, zargarlik sanoati, qişloq xöjaligi, sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va boşqa yönalişlardagi ustuvor loyihalar va hamkorlik dasturlari amaliy ijrosini jadallaştiriş zaruriyatini qayd etdi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Hindiston boş vaziri Narendra Modi ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni faol rivojlantiriş yölida qat'iy ekanliklarini tasdiqladilar.
Şuningdek, prezident “Jöşqin Gujarat” xalqaro sammitida iştirok etdi. U Gujarat ştati qadimdan savdo va tadbirkorlikda yetakçi hudud bölib kelgani, mazkur sammit ana şu an'analarni davom ettirib, zamonaviy Hindistonning biznes ruhini namoyon qilayotganini ta'kidladi.

Davlat rahbari Hindiston bilan uzoq muddatli strategik şeriklikni mustahkamlaş - Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini alohida qayd etib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş uçun qator taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.
Davlat rahbari informatsion texnologiyalar, dasturiy ta'minot, qişloq xöjaligi, qayta tiklanadigan energiya hamda uşbu sohalar mutaxassislarini tayyorlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişni taklif etdi. Bu böyiça dastlabki harakatlar boşlangan, Toşkent şahrida qöşma texnopark taşkil etiladi.
Sarmoyadorlarni Özbekistonga jalb qiliş uçun eng qulay şaroitlar yaratilişini alohida qayd etdi.
Davlat rahbari 2020 yilda Hindistonda «Özbekiston madaniyati yili»ni hamda Özbekistonda «Hindiston madaniyati yili»ni ötkaziş, joriy yilda yurtimizda özbek-hind Yoşlar festivalini taşkil qilişni taklif etdi.
Prezident Hindistonga taşrifni yakunlab, Toşkentga jönab ketdi, deyiladi xabarda.












