Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev maxsus brifing davomida poytaxt içki işlar tizimi faoliyati, 2018 yil sarhisobi haqida ma'lumotlar berdi.
R. Jörayevning ma'lum qilişiça, 2018 yil davomida poytaxt böylab 102 qisqa raqami orqali 189 657 ta murojaat qabul qilingan. Şundan 9102 tasi xato qönğiroqlar, ya'ni adaşib tuşişlar, qönğiroq qilib sukut saqlaş yoki bekorçilikdan qönğiroq qiliş kabilardir. Murojaatlarning barçasiga javob berilgan.
“Hozirgi kunda tezkorlik zarurati bölganda xodimlarimiz örtaça 5-7 daqiqada yetib bormoqdalar. Bir vaqtlar hatto avtomobillarimiz uçun yoqilği masalasida ham qiynalardik. Prezidentimizga bu borada murojaat qilganimizdan söng masala hal etildi. Murojaatlar bilan işlaşda oldingidek kimdir kimgadir buyuriş tizimini bekor qildik. Murojaatni qabul qilgan operatorning özi eng yaqindagi xodimni jönatadi va nazorat qiladi. Bu öz samarasini berdi – bir marta jinoyatçi bir kişini piçoqlab, qölidan piçoqni taşlaşga ulgurmagan holatda xodimlarimiz yetib borib qölga olganlari ham qayd etildi hatto”, - deya IIBB boşliği sözlaridan iqtibos keltiradi Kun.uz muxbiri.












