Pokistonning Balujiston viloyatida avtobus va yonilği avtosisternasi töqnaşuvi oqibatida kamida 27 kişi halok böldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, favqulodda hodisa Lasbela tumanida sodir bölgan. Içida önlab yölovçilar bölgan avtobus Karaçi şahridan Panjgurga qarab yöl olayotgandi. YTH oqibatida sizib çiqqan yonilği olov keltirib çiqardi, ikkita maşina yonib ketdi.

Amaldorlar söziga köra, halok bölganlar jasadi DNK tekşiruvlaridan söng qarindoşlariga topşiriladi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, avariya boşqaruvni yöqotgan avtobus haydovçisining aybi tufayli sodir bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sudanda yuz bergan YTHda 14 kişi halok bölgandi.