Sudan ğarbida yölovçi avtobusi iştirokida yuz bergan mudhiş YTH natijasida 14 kişi halok böldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, avtobus yölda töxtab turgan yuk maşinasiga kelib urilgan.
Qayd etilişiça, avtohalokat Şimoliy Darfur va Ğarbiy Kordofan provinsiyalari örtasidagi çegarada sodir bölgan.
Şu bilan birga, jarohat olganlarning aniq soni hozirça noma'lum.
Hozirgi paytda politsiya röy bergan hodisaning barça tafsilotlarini aniqlaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyada 20ga yaqin avtomobil iştirokida YTH sodir bölgandi.












