Maşhur muallif Jyeyms Klir öz siri bilan örtoqlaşdi.
Kitoblar muallifi, tadbirkor xulq-atvor psixologiyasi, odatlarni şakllantiriş va rivojlaniş haqida yozadi.

Yigirmançi asrning buyuk investori deb ataluvçi Uorren Baffet Kolumbiya universiteti talabalari oldida çiqiş qildi. Talabalardan biri investitsion kelajakda karera uçun yaxşiroq tayyorlanişda nima qiliş kerakligi haqida savol berdi. Biroz öylab olgaç, Uorren özi bilan olib kelgan hujjatlar va savdo hisobotlari töplamini olib, şunday dedi:
«Har kuni 500 ta ana şunday varaqlarni öqing. Bilim murakkab foizlar kabi töplanib boradi. Har kim buni amalga oşira oladi, biroq kafolat beramanki, köpçilik bunday qilmaydi».
Baffetning özi iş vaqtining 80 foizini mutolaaga va fikrlaşga sarflaydi. Bu meni yetarli miqdorda kitob öqiyapmanmi yoki yöq ana şu haqda öylaşga majbur qildi. Miqdor yetarli emasligining bir neça sabablari mavjudligini tuşundim.
Nima uçun kam öqiymiz?
Mutolaa jarayonini özlaştirgan odam uçun mohiyatan bu qiyinçilik tuğdirişi kerak emas. Buning uçun vaqt topişning özi kifoya. Albatta, amalda bajarişdan köra aytiş osonroq.
Öz odatlarim haqida öylab buni notöğri bajarganimni tuşundim. Facebook yoki Twitter’da qiziqarli maqolaga havolani körganimda uni öqir edim. Biroq kitoblar uçun alohida vaqt ajratmasdim. Közimga köringan narsalarnigina öqirdim.

Natijada faqat onlayn mutolaa qilardim. Albatta, internetda köplab yaxşi maqolalar bor, biroq kitoblarning sifati yuqoriroq. Ular yaxşiroq yozilgan va sinçkovlik bilan tahrirlangan, ulardagi ma'lumotning sifati ança yaxşi va tekşirilgan. Şunday ekan, biror narsani örganişni istasangiz, yaxşisi kitob öqing, onlayn maqolalarni emas.
Buni qanday töğrilaş mumkin
Odatiy işlarga qaramay köproq öqişda yordam beradigan u qadar murakkab bölmagan tizimni işlab çiqdim.
Kun boşida 20 bet öqing
Odatda men uyğonaman, bir stakan suv içaman, şukronalik uçun sabab böladigan uç narsani yozaman, keyin esa biror kitobdan 20 varaq öqiyman. Mana 10 haftadirki ana şu odatga amal qilaman. Bugun yettinçi kitobning yuzinçi betiga keldim. Ana şu tezlik bilan (10 haftada 7 kitob) yiliga 36 ta kitob öqiyman. Umuman yomon emas.
Menimça bu yondaşuv iş beradi, çunki 20 bet – köp emas, bu miqdor kişini çöçitmaydi. Köpçilik bunça betni yarim soatda öqiydi. Buni tezkor işlar sizni çalğitişidan oldin, kun boşida amalga oşiring. Bundan taşqari, 20 ta bet bu – örtaça tezlik. Sekin harakat qilib, tezda ilgarilab ketasiz.
Agar imkoniyat bölsa, kitoblarga köproq vaqt ajrataman. Miriqib uxlaş töğrisidagi maqolamdan keyin mutolaani keçki odatlarim röyxatiga kiritdim. Kun uçun nima reja tuzişimga qaramay, tongda albatta 20 bet kitob öqiyman.
Tongning ilk soatini töğri ötkazing
Uyğonganingizdan keyin ilk soatlarda nima bilan band bölasiz? Köpçilik uni işga ketiş bilan boğliq yugur-yugurlar bilan ötkazadi. Nima sababdan bu vaqtni rivojlaniş uçun sarflamaslik kerak? Nima uçun har kuni bir soat ertaroq uyğonib, özimiz bilan şuğullanmasligimiz kerak? Bu işdagi, munosabatlardagi natijalaringizga qanday ta'sir qilişini bir öylab köring.

Tongni mutolaadan boşlaş aynan mana şunga yordam beradi. Tonggi soatlarni mustaqil rivojlaniş uçun sarflang. Sizni yanada yaxşi insonga aylantiradigan kitoblarni öqing. Hayotni özgartiradigan odatlarning köpçiligi kabi bu tezkor emas, biroq juda muhim.
Kuniga 20 bet. Sizdan talab etiladigan bor-yöq vazifa şu.











