Muxolifat nazoratida bölgan Venesuela milliy assambleyasi prezident Nikolas Maduroning mamlakatning Amerika davlatlari taşkilotidan (ADT) çiqiş qarorini bekor qildi.
“Bir ovozdan Venesuelaning ADTda a'zoligini davom ettiriş loyihasi qabul qilinsin”, deyilgan parlamentda.
Maduro mintaqaviy taşkilotni tark etişga 2017 yil aprelda qaror qilgan. Maduro mamlakatning darhol taşkilotdan çiqişini talab qilgan, vaholanki bu jarayon 2 yil vaqt oladi va joriy yil 27 aprelda yakunlanişi lozim. Maduro bu sanani bayram sanasi deb e'lon ham qilgan. ADT Maduroning yangi prezidentlik vakolatlarini tan olmayapti.
Şuningdek, parlament mamlakatning ADTdagi maxsus vakilini tayinlagan, u mamlakatning taşkilotda a'zoligi davom etişini kafolatlaydi. Bu lavozimni sobiq deputat va advokat Gustavo Tarre Briseno egallagan.












