Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi instituti dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarining nufuzli universitet va taşkilotlari bilan işonçli hamkorlik aloqalarini örnatib kelmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi PQ-4035 sonli “Avtomobil yöllarini quriş va ulardan foydalaniş sohasida işlarning taşkil etişning ilğor xorijiy uslublarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorning ijrosini ta'minlaş maqsadida institut Germaniyaning nufuzli Drezden texnika universiteti va SES (Senior Expert Service) taşkiloti bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini örnatişga erişildi.
“Özbekiston Respublikasi uçun Germaniya Federativ Respublikasi ulkan siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-intellektual salohiyatga ega bölgan işonçli hamda uzoq muddatli şerikdir”.
Şavkat Mirziyoyev

2019 yilning 14 yanvar kuni SES taşkilotining Özbekiston böyiça koordinatori Cordula Shmygun’ning institutga taşrifi çoğida ta'lim sifatini oşirişda taşkilotning vazifalari va istiqbolli rejalari hamda institutga kiritayotgan investitsiyalarning samaradorligi böyiça muzokaralar ötkazildi.

Germaniyaning SES taşkiloti homiyligi asosida institutning mutaxassislik kafedralariga yuqori malakali ekspertlarni jalb qiliş rejalangan bölib, qisqa davr içida “Avtomobil yöllarini quriş va ekspluatatsiya qiliş”, “Yöl quriliş maşinalari va jihozlari” hamda “Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi” kafedralariga Germaniya davlatidan ekspertlar jalb qilindi.

Institutga taşrif buyurgan taşkilotning yetakçi ekspertlari Erwin Fleischer va Ralph Urban mutaxassisliklari böyiça amaliy va labaratoriya maşğulotlarini olib boriş bilan birgalikda soha mutaxassislari bilan seminar treninglar ötkazişda, işlab çiqariş korxonalarida mavjud muammolarni bartaraf etişda Germaniya tajribasi böyiça takliflari bilan faol qatnaşmoqdalar. Bu esa institutning ilmiy salohiyatini va kadrlar malakasini oşirişda, talabalar bilimini mustahkamlaşda hamda işlab çiqarişni ta'lim bilan integratsiyasi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama huquqi asosida










