Xalq demokratik partiyasi matbuot anjumanida partiya rahbari Xotamjon Ketmonov ilgari vazirlik va idoralar qonunlarni öziga moslaştirib olganini ta'kidladi, deya yoziladi «Işonç»​ gazetasida. 

Gazetada Ketmonovning qonunlar haqidagi quyidagi fikrlari keltirilgan:

«Bitta qonun qabul qilinsa, unga qöşimça 10-15 qonunosti hujjati  işlab çiqilar, natijada qonun ijrosida çalkaşliklar yuzaga kelardi. Şuni inobatga olib, qömita, fraksiya va palatalarda qaysi qonunlar işlayotgani aniqlanmoqda. Davlatimiz rahbari talabiga binoan qonunlarni töğridan-töğri işlaydigan qiliş faoliyatimizning asosiy mezoniga aylanişiga harakat qilyapmiz. Qonunlar xalqçil va sodda bölişi kerakligi haqida ilgari ham köp gapirilardi, lekin baribir işlamaydigan qonunlarni qabul qiliş davom etgan», –​ deb uning sözlari keltirilgan. 

Xabar muallifi Mahliyo Umrzoqovaning yozişiça, Ketmonov XDP  özini​ parlamentda muxolifat sifatida e'lon qilganligi, uşbu tuşunçadan kelib çiqqan holda fraksiya «Adolat»​, «Milliy tiklaniş» ​yoki ÖzLiDep bilan hamkorlikda emas, balki özining maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda iş yuritişini ta'kidlagan. 

Lekin bu muxolifatning aynan nimada namoyon bölişi haqidagi savol oçiq qoldi, deb yozadi jurnalist.

Partiya naşri bölgan «Özbekiston ovozi»​ning  bor-yöği 4600 nusxada çop etilayotganligi, «Golos Uzbekistana»​ esa yopiliş arafasida ekanligi, buning asosiy sababi Ketmonovning tahririyat bilan kelişa olmayotganligi ekanligi haqidagi gap-sözlar yuzasidan savolga rahbar şunday javob beradi: 

– Agar şunday holat bölganida mazkur tadbirga partiya naşri vakillarining iştirok etişiga yöl qöymagan bölar edik.  Guvohi bölib turibsiz, ular şu yerda. Ilgari hududiy kengaşlarni «şunçadan obuna qilasan»​, deb majburlar edik.  Endi bu tizimdan voz keçdik. Partiyadoşlarimizni öz ixtiyori bilan obuna bölişga qöyib berdik. 

Ta'kidlaş joizki, XDPning barça taşkilotlarida qariyb ikki yarim ming nafar kişi işlaydi. Bundan taşqari, 450 ming nafardan ziyod a'zolarimiz, ya'ni xayrixohlarimiz bor. Biz ularni gazetaga obuna bölişga majburlay olmaymiz. Albatta, «Özbekiston ovozi»​ va «Golos Uzbekistana»​ gazetalarining obuna masalasi hali yil davomida köriladi, qöşma qarorlar çiqadi va qayta tahlil qilinib, imkoniyat darajasida naşrlarimizga amaliy yordam beramiz, –​ deydi u.