Prezident tomonidan «Rieltorlik faoliyati töğrisida»gi qonun imzolandi. Hujjat rieltorlik sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişga qaratilgan.
Qonunga muvofiq, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Endilikda rieltorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun nomzodlar maxsus öquv dasturini tamomlab, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli ötişi lozim. Şundan söng ularga professional jamoat birlaşmasi tomonidan ştrix kodli malaka sertifikati beriladi.
Şuningdek, rieltor faqat rieltorlik taşkiloti tarkibida faoliyat yuritişi mumkin. Rieltorlik taşkilotlari va köçmas mulk böyiça agentlar esa özlari haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilgan kundan boşlab xizmat körsatiş huquqiga ega böladi.
Qonunga köra, rieltorlik xizmatlari köçmas mulk ob’yektlari va ularga bölgan huquqlarga doir bitimlarda vositaçilik qiliş, köçmas mulk savdosini taşkil etiş, ob’yektlarni işonçli boşqariş, şuningdek, köçmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini körsatişni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, xususiy sektor tomonidan taşkil etiladigan multilisting tizimi joriy etiladi. U rieltorlik xizmatlarini «yagona darça» tamoyili asosida körsatiş, muddatli şartnomalar böyiça işlaş va bozor iştirokçilari örtasida elektron şaklda işonçli axborot almaşinuvini ta’minlaş imkonini beradi.

















