Xususan, Jinoyat kodeksining 179-moddasiga özgartiriş kiritilib, soxta tadbirkorlik uçun jarima, muayyan huquqlardan mahrum qiliş va ozodlikdan mahrum qiliş kabi sanksiyalar nazarda tutilmoqda.
Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş maqsadini közlamasdan ssudalar, kreditlar oliş, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qiliş (soliqlarni kamaytiriş) yoki boşqaça mulkiy manfaat köriş maqsadida tadbirkorlik sub’yektini taşkil etiş BHMning 100 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilanmoqda.
Şuningdek, 184-modda (soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş) - jinoyat tarkibi aniqlaştirilib, jarima, majburiy tölovlarni undiriş va ozodlikdan mahrum qiliş çoralari qayta belgilandi, ilk huquqbuzarlikda zarar töliq qoplansa, javobgarlikdan ozod etiş tartibi saqlab qolindi, jinoyat işlarida jamoat himoyaçisi iştiroki ta’minlandi.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.











