«Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatida «Roxi oxani Tojikiston» davlat unitar korxonasi rahbariyati bilan uçraşuv bölib ötdi.

Qayd etilişiça, ötgan 2018 yilda ikki davlat uçun muhim bölgan bir qator yuklarga preferensiyalar berildi, import-eksport taşuvlarda öziga xos çegirmalar taqdim etildi. Şu bilan birga, yölovçi taşişda bir qator qulayliklar yaratildi. Bu boradagi sa'y-harakatlarni yanada izçil rivojlantiriş, yangi imkoniyatlarni işga soliş, manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida navbatdagi uçraşuv taşkil etildi. 

Tadbirda asosiy e'tibor yuk va yölovçi taşiş sohasida özaro kelişgan holda iş olib boriş, tranzit yuklari hajmlarini oşirişga qaratildi. Şuningdek, 2019 yilda ikki tomondan taqdim etiladigan çegirmalar xususida ham fikr yuritilgan.

Har ikki davlat temir yöl tarmoğida yuk va yölovçi taşişni köpaytiriş borasida yangi imkoniyatlarni işga soliş böyiça ham söz yuritildi. Özaro suhbat çoğida uşbu masalalar atrofliça muhokama etildi va amalga oşirilişi zarur bölgan eng muhim vazifalar belgilab olindi, deyiladi «Özbekiston temir yöllari» xabarida. 

Uçraşuv sönggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yiğiliş bayonnomasi imzolangan.