Subaru avtomobil kompaniyasi Ota şahrida joylaşgan Yaponiyadagi yagona zavodi işini qayta tikladi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Korporatsiya işlab çiqarişni 16 yanvarda, hamkorlardan biri tomonidan yetkazib beriladigan butlovçi qismlarda nuqsonlar aniqlanganidan söng töxtatib qöygandi. Uşbu qismlardan qator modellar, jumladan, Forester krossoverini işlab çiqarişda foydalaniladi.
Xabar qilinişiça, kompaniya nuqsoni bölmagan yangi butlovçi qismlarni sotib olgan. Zavodning majburiy töxtab qolişi natijasida 20 ming dona avtomobil işlab çiqarilmadi.
Mazkur zavod kompaniya avtomobillarining 60%ini işlab çiqaradi. Yil oxiriga qadar bu yerda 650 ming dona maşina işlab çiqariş rejalaştirilgan.












