Braziliyaning Minas-Jyerays ştatida töğon öpirilişi oqibatida halok bölganlar soni 84 nafarga yetdi, 276 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Globo portali xabar berdi.

Avvalroq 65 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. 42 qurbonnning şaxsi örnatilgan.

Töğon öpirilişi 25 yanvarda Brumadinyu munitsipalitetida yuz bergan. Vale toğ-kon kompaniyasiga tegişli töğonda favqulodda ogohlantiriş tizimlari işga tuşmagan. Qutqaruv işlari bir neça hafta davom etişi mumkin.

Fojia munosabati bilan Vale kompaniyasi mamlakat janubi-şarqidagi şunday töğonlardan 10 tasini yopişga qaror qildi. Buning natijasida temir rudasi işlab çiqarilişi hajmi yiliga 40 mln tonnaga tuşib ketadi. 

Minas-Jyerays ştatidagi töğonlar 1 yildan 3 yilgaça davr içida bosqiçma-bosqiç yopiladi. Kompaniya umumiy hisobda 19 ta şunday töğonga ega, biroq ulardan 9 tasi işlamaydi.

Kompaniyaning 2017 yildagi işlab çiqariş hajmi 366,5 mln tonna temir rudasini taşkil qilgan.  

29 yanvarda töğon öpirilişi yuzasidan 5 kişi hibsga olingan.