Kun.uz tahririyatiga Navoiy viloyati, Xatirçi tumanidagi Guliston mahallasida yaşovçi Isroil Xudoynazarovdan murojaat kelib tuşdi.
U öz murojaatida yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, tan jarohatlari tufayli şifoxonada davolanayotganini bayon etgan.
Uşbu holatni joyida örganiş maqsadida Navoiy viloyati, Xatirçi tumaniga yöl oldik.

Xatirçi tumani markaziy şifoxonasining travmatologiya bölimida davolanayotgan I.Xudoynazarov bilan uçraşib, uning sözlarini tingladik.
Uning aytişiça, 2019 yil 21 yanvar kuni soat 18:00dan keyin «Neksiya-2» rusumli avtomaşinasida uyiga qaytayotganida, tuman markazida YPX xodimlari unga töxtaş işorasini körsatişadi. Spirtli içimlik iste'mol qilgani uçun I.Xudoynazarov YPX xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, harakatni davom ettiradi. Şundan keyin YPX xodimlari uni ta'qib qilişgan.
Xatirçi tumani, Xöjaqörğon mahallasidagi «Navröz» kafesi oldida unga yetib olgan YPX xodimlari haydovçi I.Xudoynazarovga nisbatan kuç işlatişadi va unga tan jarohati yetkazişadi.
I.Xudoynazarov oradan ikki kun ötgandan keyin soğligi yomonlaşgani bois şifoxonaga murojaat qilgan.
Jabrlanuvçining ahvoli va unga yetkazilgan tan jarohatlari haqida ma'lumot oliş uçun Xatirçi tuman markaziy şifoxonasining boş travmatologi Uçqun Haqqulov bilan suhbatlaşdik.

«Bemor şifoxonaga kelganda uning ahvoli örta oğir darajada edi. Zarur tibbiy köriklar amalga oşirildi. Unda çap tomonlama 5 va 8- qovurğalar yopiq sinişi, ikkala yonoq kökarişi, zarba tufayli boşining çap tomoni lat yeyişi aniqlangan. Uşbu holat yuzasidan tegişli organlarga xabar berdik. Ayni vaqtda davolaş jarayoni davom etmoqda», – deydi şifokor.



Örganişimiz davomida mazkur voqeaga guvoh bölgan, «Şixlar» qişloğida yaşovçi Anvar Qozoqov bilan suhbatlaşdik.
«Keçki payt «Navröz» kafesi yonidan ötib ketayotganimda, devor ortida baqir-çaqir tovuşlarni eşitdim. Borib qarasam, içki işlar xodimlari bir kişini ayovsiz kaltaklamoqda. Formada bölişgani uçun aralaşolmadim», – deydi A.Qozoqov.
Voqeaning yana bir guvohi, «Navröz» kafesi egasi, özini Uluğbek deb taniştirgan şaxs esa savollarimizga javob berişni istamadi.
Uşbu holat yuzasidan Xatirçi tuman prokurori Nurmurod Avazov bilan uçraşdik. Şunday holat yuz berganini tasdiqlagan tuman prokurori ayni vaqtda bu voqea yuzasidan dastlabki tergovgaça tekşiruv harakatlari olib borilayotgani, Navoiy viloyati IIBB YHXBning ikki nafar xodimiga (ism-familiyalari tahririyatga ma'lum) nisbatan xizmat tekşiruvi belgilangani, qonuniylik ta'minlanişini bildirdi.
Xöş, YPX xodimlarining xatti-harakatlari qançalik töğri?
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «Yöl patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisida»gi Nizomda «ta'qib qiliş» deganda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslar salonida bölayotgan transport vositasi haydovçisi yöl patrul xizmati xodimining töxtaş töğrisidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga çek qöyiş hamda gumonlanuvçini uşlaş maqsadida transport vositasining ortidan quviş tuşunilişi belgilangan.
Bu holatda YPX xodimlarining harakatini töğri baholaş mumkin. Ammo mazkur Nizomning 14-bandida YPX xodimi öz xizmat vazifalarini bajarişda har qanday vaziyatda yöl harakati qatnaşçilari bilan vazmin, xuşmuomala, odobli va e'tiborli böliş, ularga hurmat bilan hamda «Siz» deb murojaat qiliş, yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qiliş alohida belgilab qöyilgan.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Bardoşbek SAMAD öğli,
Kun.uz muxbiri












