«Xalqaro armiya öyinlari — 2019» tanlovining «Harbiy-tibbiy estafeta» yönalişi Özbekiston Respublikasi hududida birinçi marta ötkaziladi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ötgan yilgi «ArMI—2018» öyinlari Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozoğiston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yönaliş böyiça ötkazilgan bölib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar iştirok etgan edi. Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari esa 12 yönalişda qatnaşib, umumjamoa hisobida 6-örinni qölga kiritgan.
Ötgan yilgi öyinlarda «Harbiy-tibbiy estafeta» bellaşuvida iştirok etgan özbekistonlik harbiy xizmatçi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-şifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy şifokorlar örtasida ötkazilayotgan «Maxsus könikmalar» yakkalik bahsida ikkinçi örinni qölga kiritgan edi.
Özbekiston hududida Xalqaro armiya öyinlari Jizzax viloyatidagi “Foriş” toğ-dala öquv maydonida ötkazilişi rejalaştirilmoqda.












