Funke mediaguruhining Federal oila va fuqarolik jamiyati masalalari idorasi - BAFzA maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, 2025-yil davomida harbiy xizmatni rad etiş böyiça 3 879 ta ariza olingan. Joriy yilning yanvar–avgust oylarida esa ularning soni 12 mingdan oşgan.

Idora vakiliga köra, ariza beruvçilar hujjatlarni töldirişda köpinça xatolarga yöl qöymoqda. Ayrim murojaatlarning mazmuni harbiy xizmatni rad etişni asosli deb topiş talablariga javob bermagani uçun ular körib çiqilmasdan qaytarilmoqda. Demak, kelib tuşgan arizalarning barçasi ham qanoatlantirilgan emas.

Germaniyada harbiy xizmat tizimini isloh qiliş töğrisidagi qonun 2026-yil 1-yanvardan kuçga kirgan. Unga muvofiq, 18 yoşga tölgan yigit va qizlarga armiyada xizmat qilişga tayyorligi hamda yaroqliligini aniqlaş uçun anketa yuborilmoqda. Yigitlar uni töldirişi şart, qizlar uçun esa javob beriş ixtiyoriy.

Mamlakatda 2011-yildan töxtatib turilgan majburiy harbiy xizmat hozirça qayta joriy etilmagan. Biroq köngillilar soni belgilangan ehtiyojni qoplamasa, Bundestag alohida qonun bilan «ehtiyojga qarab majburiy harbiy xizmat» tartibini joriy etişi mumkin. Germaniya 2035-yilga borib faol harbiylar sonini 260 mingga yetkazişni rejalaştirmoqda.

Majburiy xizmat tiklanişi ehtimoli yoşlar orasida noroziliklarga ham sabab bölmoqda. Sentabrda mamlakatning qator şaharlarida maktab öquvçilari iştirokida yirik norozilik namoyişlari ötkazilgan.

Bundesver esa yangi xizmatçilarni jalb qiliş usullarini kengaytirmoqda. Jumladan, qurolli kuçlar Kyolnda ötkaziladigan dunyodagi eng yirik videoöyin körgazmalaridan biri - Gamescom'da ham öz stendi bilan qatnaşmoqda.

Şu bilan birga, Germaniya Mudofaa vazirligi armiyada xizmat qilayotganlar soni ham ösganini bildirgan. 2026-yil iyul oxirida Bundesver safida 186 700 nafar harbiy bölgan. Bu sönggi 13 yildagi eng yuqori körsatkiç bölib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 3 700 nafarga köp.

Bundesverning rasmiy maʼlumotiga köra, iyul oxirigaça qariyb 378 mingta anketa yuborilgan, 2 630 nafar nomzod esa xizmatga yaroqlilikni baholaş jarayonidan ötgan. Şu vaqtgaça harbiy xizmatga kiriş uçun kelib tuşgan arizalar soni 47 300 taga yetgan - bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 26 foiz köp.