DW’ning Bloomberğga tayanib yozişiça, NATO vakili halok bölgan rossiyalik harbiylar soni 28 ming nafargaça yetganini aytgan. Demak, 50 mingdan ortiq yöqotiş haqidagi baho faqat qurbonlarni emas, yaralanganlarni ham qamrab oladi.
Alyansdagi manba şu davrda Ukraina Qurolli kuçlari yöqotişlarini qariyb 5 ming kişi deb körsatgan. Biroq keltirilgan xabarda bu raqam faqat halok bölganlarnimi yoki jarohatlanganlarni ham qamrab olişi aniqlaştirilmagan.
Bloomberg Rossiya qöşinlari hujumda natijaga erişiş uçun harbiylarni «ölim zonalari»ga yönaltirayotganini yozgan. Agentlik bu atama bilan dronlar, yerga örnatilgan minalar, artilleriya va boşqa mudofaa vositalari keng qöllanadigan hududlarni nazarda tutgan.
Materialda Rossiyaning uruş xarajatlari ham ortib borayotgani qayd etilgan. Bloomberg bahosiga köra, 2026-yil yakunida Moskva harbiy xarajatlari 17 trillion rublga - qariyb 178 milliard yevroga yaqinlaşişi kutilmoqda.
Bu Rossiya rasmiylari 2025-yil oxirida eʼlon qilgan dastlabki körsatkiçlardan taxminan 40 foiz yuqori.
Germaniya Federal razvedka xizmati - BND rahbari Martin Yeger ötgan hafta uruşning davom etişi Vladimir Putin uçun uni siyosiy yöqotişlarsiz töxtatişni qiyinlaştirayotganini aytgan edi.
Avvalroq, avgust oyida The Guardian Rossiyaning bir oylik harbiy yöqotişlari armiyaga yangi jalb qilinayotganlar sonidan qariyb 6 ming nafarga köp ekanini xabar qilgan.
Naşrga gapirgan ğarblik amaldorlardan biri katta yöqotişlarni yangi harbiylar jalb qiliş orqali qoplaş imkoniyatlari çeklanganini taʼkidlagan. Uning fikriça, bu Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarni kuçaytiriş taktikasini qisman izohlaydi.
Amaldor Moskva qişda energetika infratuzilmasini vayron qiliş orqali ukrainaliklarning ruhiyatini sindirişga urinayotganini aytgan.












