Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasi Hukumati işini taşkil etişning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasiga:
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari – Özbekiston Respublikasi transport vaziri;
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi moliya vaziri;
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari;
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari;
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi;
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining yoqilği-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi;
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimlari kiritildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boşqaruv xodimlarining çeklangan soni 178 nafar bölgan ijro etuvçi tuzilmasi tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasining Boş vaziriga masalalarni tartibga soliş va ustuvor vazifalarni hal qilişning muhimligini hisobga olgan holda, zarurat bölganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy ştatlari soni doirasida uning ijro etuvçi tuzilmasiga özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.
Özbekiston Respublikasining boş vaziri A.N.Aripov bir hafta muddatda mas'ul vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlarni biriktirgan holda Vazirlar Mahkamasi apparati bölinmalari tuzilmasini kelişiş uçun Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi.












