Ma'lumki, köp yillardan beri Andijon boks maktabi tarbiyalanuvçilari Osiyo, jahon miqyosidagi musobaqalarda yuqori örinlarni egallab kelmoqda.

Şu kunlarda Andijon ixtisoslaşgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida Xitoy davlatidan kelgan boksçilar malaka oşirmoqda. Uç murabbiy, 14 nafar erkak va 4 nafar ayol boksçilardan taşkil topgan Xitoy delegatsiyasi tarkibida mamlakat çempionlari hamda sovrindorlari bor.

Maktab-internat manejidagi amaliy mahorat darslarida muassasa murabbiylari va tarbiyalanuvçilari Rio olimpiya öyinlari oltin medali sohibi, olimpiada çempioni Hasanboy Dösmatov, Osiyo öyinlari oltin medal sohibi, Osiyo çempion Iqboljon Xoldorov va xalqaro toifadagi sport ustasi, WBC kamari mutlaq ğolibi Azizbek Abduğofurovlar iştirok etişdi.

Şundan söng, çempionlarimiz bilan “Özbekiston boksining dovruği” mavzusida Xitoy Xalq Respublikasi sportçilari örtasida davra suhbati taşkil etildi. Xorijdan taşrif buyurgan sportçilar çempion öğlonlarimizdan özbek boksi haqida atrofliça ma'lumotlarga ega bölişdi.

Tadbirda viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi boşliği Ötkirbek Toşpölatov iştirok etib viloyat sporti, jumladan boks sport turiga bölayotgan e'tibor haqida ma'lumotlar berib, xorijdan kelgan murabbiylarga esdalik sovğalari topşirdi.









Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri










