Toşkent şahar hokimligi tomonidan ta'mirtalab bölgan Özbekiston Milliy universiteti va talabalar şaharçasi hududlarida keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari boşlandi. 

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, şaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yölaklari, maxsus velosiped yöllari, avtomaşinalar uçun esa 400 örinli avtoturargohlar barpo etilmoqda. 

5600 kv metr avtomobil yöllari asfalt qilinib, avtomototransportlar qatnovi çegaralanadi, 11 ming kv metrga yaşil maysalar yotqiziladi, 1,800 p/metr irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi. Talabalarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida, zamonaviy örindiqlar örnatiladi. Universitet rahbariyati tomonidan bino hududidagi himoya panjaralari olib taşlandi.

«Hurmatli fuqarolar, şahrimiz mehmonlari, aziz talabalar! Olib borilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari sabab vaqtinçalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uçun Toşkent şahar hokimligi uzr söraydi. Uşbu quriliş işlari 15 kun muddatda yakunlanadi», - deyiladi xabarda.