Jakarta şahrida (Indoneziya) ötkazilgan «Egmont» guruhi yiğilişlari davomida 2019 yilning 30 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamenti va Indoneziya Moliyaviy operatsiyalar yuzasidan axborot va tahlil markazi örtasida anglaşuv Memorandumi imzolandi.
Boş prokuraturada xabarida aytilişiça, mazkur hujjat bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşişga qaratilgan hamkorlik şubhali moliyaviy operatsiyalar va ularni amalga oşiruvçi şaxslar töğrisidagi ma'lumotlar almaşiş orqali amalga oşiriladi.
Hamkorlik memorandumini imzolaş «Egmont» guruhining umume'tirof etilgan tamoyillarining talablari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça FATF tavsiyalari asosida amalga oşirildi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamenti tomonidan hozirgi kunda xorijiy davlatlarning 21 ta vakolatli organlari bilan xuddi şunday hujjatlar imzolangan (AQŞ, Isroil, Koreya, Polşa, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Xitoy, Yaponiya va boşqalar).
Tomonlar Memorandumning imzolanişi natijalari böyiça davlatlararo erişilgan kelişuvlarning mantiqiy davomi sifatida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Memorandumning imzolanişi vakolatli organlar örtasida sohadagi axborot almaşinuvining huquqiy asoslarini kengaytirib, ikki tomonlama hamkorlikni jonlantirişga xizmat qiladi.












