Surxondaryo viloyati Boysun tumani Sayrob qişloğidagi azamat çinorlar öz bağrida sinoatlarni yaşirib kelgan. Şulardan birining ğaroyib tarixi haqida Mahalla gazetasi qiziqarli ma'lumotlar e'lon qildi.
Tabiat yodgorligi sifatida davlat qaramoğiga olingan çinorning yoşi, olimlarning fikriça, 950 yilga yaqin. Uning balandligi 26, diametri naq 21 metrni taşkil etadi. Tanasining balandligi böyiça ölçami 9,7 metrga teng. Mehrobli eşikni eslatuvçi kovagining kattaligi esa naq 7 metrga teng.

Ana şu kovakda ötgan asr boşlari, ya'ni Oktabr töntarişiga qadar eski maktab faoliyat yuritgan va köplab sayrobliklarning savodxon bölişiga «hissa» qöşgan.

1920 yildan boşlab köhna çinor qişloq kengaşi idorasi sifatida xizmat qila boşlagan. 1932 –1934 yillarda birinçi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi sifatida kitoblarga boşpana bölgan. 1936 yildan boşlab esa qişloq savdo dökoni sifatida odamlarning hojatini çiqargan.
ÖzA xabariga köra, uşbu bahaybat daraxt kovagida bugungi kunda mö'jaz muzey taşkil etilgan.











