15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylaşgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduqni yopiş böyiça amaliy işlar rasman boşlandi.

Avvalroq «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov Xitoy Milliy neft korporatsiyasi tarkibidagi CCDC burğulaş kompaniyasi vakillari mazkur konda yuzaga kelgan texnogen avariyani bartaraf etiş işlarini jadallaştiriş masalasini muhokama qilgandi.

Abduğani Sanginovga köra, «Mustaqillikning 25 yilligi» konidagi avariya oqibatlarini 2027-yilning birinçi yarmida töliq bartaraf etiş rejalaştirilgan.

2024-yilning 1 sentyabr kuni Boysun tumani Kofrun şaharçasi tarkibidagi «Kölqamiş» MFY hududida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» (M-25) gaz koniga qaraşli 604-quduqda burğilaş işlari vaqtida vodorod sulfidi (oltingugurt) gazi sizib çiqa boşlagan, 2 sentyabr kuni Kofrun aholisi evakuatsiya qilingan edi.

Ammo konni yopişning imkoni bölmadi, 17 sentyabr kuni navbatdagi avariya röy berib, 4 kişi halok bölib, 11 kişi jarohatlangan.

2025-yil 27-mart kuni konda yana portlaş böldi. Energetika vazirligi tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanişining oldini oliş maqsadida quduq yoqib qöyilganini ma’lum qilgan.

24-aprel kuni telegram-kanallarda gaz çiqayotgan 202-quduqning tuynugi öz-özidan yopilib qolgani haqida video tarqalgan. 5-may kuni uşbu quduqda takroriy portlaş yuz bergan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil fevralida Surxondaryo viloyati hokimligida bölib ötgan yiğilişda konda yuz bergan avariya töxtatilişini ma’lum qilgandi.