«Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Abduğani Sanginov Xitoy Milliy neft korporatsiyasi tarkibidagi CCDC burğulaş kompaniyasi vakillari bilan Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" konida yuzaga kelgan texnogen avariyani bartaraf etiş işlarini jadallaştiriş masalasini muhokama qildi.
“Tomonlar avariyani bartaraf etiş böyiça amaliy işlarga tezkor kirişiş uçun barça tayyorgarlik jarayonlarini qisqa muddatlarda yakunlaş muhimligini ta’kidladilar.
Xususan, maxsus burğulaş dastgohlari, yuqori bosim şaroitida işlaşga möljallangan texnologik uskunalar hamda zarur texnik vositalarni ob’yektga yetkazib keliş, malakali mutaxassislar va muhandislik guruhlarini jalb etiş, loyiha va muhandislik yeçimlarini yakunlaş hamda qutqaruv-burğilaş işlarini öz vaqtida boşlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi”, deyiladi «Özbekneftgaz» matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, amalga oşirilayotgan işlarning har bir bosqiçini muvofiqlaştiriş, texnik yeçimlarni tezkor qabul qiliş va loyihani belgilangan muddatlarda amalga oşiriş uçun ikki kompaniya mutaxassislari örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
Aprel va may oylarida Boysundagi M25 konidan yer yuzasiga neft çiqişi kuzatilgandi.











