Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida 2024 yilning sentabr oyidan buyon davom etayotgan texnogen vaziyat oqibatlarini 2027 yilning birinçi yarmida töliq bartaraf etiş rejalaştirilyapti. Bu haqda «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov Uzdiplomat naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sanginovning sözlariga köra, kompaniya Boysundagi vaziyat aholiga jiddiy noqulayliklar tuğdirayotgani va zarar yetkazayotganini tan oladi.

«Boysundagi vaziyat hozir haqiqatan ham xalqimizga juda katta zarar yetkazyapti. Hurmatli prezidentimiz bu yerga kelganlarida menga uç-tört marta topşiriq berdilar: Boysunni yopib berişimiz şart», — dedi u.

«Özbekneftgaz» rahbarining sözlariga köra, muammoni hal qiliş uçun xorijiy hamkorlar bilan texnik hisob-kitoblar ötkazilgan va Xitoyning CNPC korporatsiyasiga qaraşli CCDC kompaniyasi bilan şartnoma imzolangan. Hozirda şartnoma rasmiylaştiriş işlari yakunlanmoqda va kompaniya mutaxassislari Boysun koniga yetib kelib, amaliy işlarni boşlagan.
 
«Yil oxirigaça texnika „M-25“ koniga yetkazib beriladi. 2026 yilning dekabr oyi oxirigaça yana törtta qöşimça quduqni burğilaş işlari boşlanadi. 2027 yilning birinçi yarmida 100 foiz yopiladi», — degan Abduğani Sanginov.
 
«Özbekneftgaz» rahbarining ta’kidlaşiça, Boysun loyihasi böyiça Rossiya, AQŞ va Janubiy Koreya kompaniyalarining takliflari ham örganilgan.

«Bir neçta kompaniya bilan muzokaralar olib bordik. Rossiyaning, Amerika va Koreya kompaniyalarining takliflarini körib çiqdik. Tahlillar natijasida eng yaxşi texnik yeçim va taklif Xitoyning CNPC korporatsiyasi tomonidan berildi va biz şu kompaniyani tanladik», — dedi u.

Qöşimça qilinişiça, Xitoy kompaniyasi bilan hisob-kitob tabiiy resurslar beriş orqali emas, balki moliyaviy asosda amalga oşiriladi.