Qaşqadaryo viloyati, Nişon tumani, Juma qişloğida öta oğir şaroitda kun keçirayotgan Nasiba Çoriyevaga otasidan meros qolgan yer maydonida barça şaroitlarga ega hovli qurib berildi. Nihoyat, u va ukasi öz uylariga ega bölişdi. 2018 yil 22 oktyabrida «Oramizda şundaylar bor, ularni hazrati Inson deyişadi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. 

Unda, moddiy imkoniyati çeklangan, ota-onadan yetim qolgan, nogiron ukasi bilan qişloqdagi dala şiyponida oğir şaroitda yaşab kelayotgani xususida hikoya qilingandi. 2 fevral kuni Viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi tomonidan barpo etilgan uy kalitlari Nasiba Çoriyeva va uning ukasiga topşirildi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi Axborot xizmati. 

Ularga Nişon tumanidagi Nişon mahalla fuqarolar yiğini hududidan yangi, barça qulayliklarga ega bölgan uy qurilgan.  

Ma'lum qilinişiça, avval şu joyda özlarining uylari bölgan. Ammo vahmak sababli qulab tuşgan. Nasiba 2-guruh nogironi bölgan ukasi Bahriddinga qarovçi kerakligi bois, turmuşga çiqiş haqida öylab ham körmagan.

«Prezidentimizga ming rahmat, - deydi Nasiba. – Mana, barça şaroitlarga ega uyga köçib ötdik. Bundan özimda yöq xursandman. Xudo xohlasa, bunday ğamxörlikka özimning mehnatim bilan munosib javob bermoqçiman».

Nasiba va ukasi yangi uyga köçib ötişi munosabati bilan mahalla ahli sovğa-salomlar bilan «qutluğ bölsin»ga çiqişdi, deyiladi xabarda.

«Mahalla ahlining quvonçiga quvonç qöşilsin deb, yana bir xayrli işni boşlaş arafasida turibmiz. Nasib etsa, bahorga çiqib, Bahriddinning nikoh töyini ötkazmoqçimiz. Kelin topdik. Taraddudni boşlab yuborganmiz», - deydi mahalla raisi Muzaffar Turopov.